Ispaniyalik taniqli jurnalist Xerar Morenoning so‘zlariga ko‘ra, "Chelsi" allaqachon jamoaning keyingi sardori kim bo‘lishi haqida bosh qotira boshlagan. Negaki, hozirgi yetakchi Sesar Aspilikueta kelasi yozda "Barselona"ga yo‘l oladi.
Ispaniya terma jamoasi a’zosi qariyb o‘n yillik muddatdan keyin o‘z yurtiga qaytadi. U hozirga qadar "Chelsi" safida 450ta o‘yinda maydonga tushgan.
Aspilikueta bu muddat davomida 2 marta Angliya chempioni, YECHL, YEL hamda mamlakat kuboklarini qo‘lga kiritgan. "Barselona" esa o‘z safiga tajribali himoyachini qo‘shib olishdan juda xursand bo‘ladi.