Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn 2-2 Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt 1-1 Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay

"Liverpul"ning hujumida yangi qahramon paydo bo‘ldi: Jota bu mavsumda porlamoqda

"Liverpul"ning hujumida yangi qahramon paydo bo‘ldi: Jota bu mavsumda porlamoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning hujumi bir necha mavsum davomida uchta ijrochi bilan chambarchas bog‘liq edi: Roberto Firminyo, Sadio Mane va Muhammad Saloh Angliya va Yevropada himoyani yorib o‘tuvchi uchlik. Ammo bu mavsumda qizillarning hujumida yangi qahramon porlamoqdi. Diogo Jota Firminyoni asosiy tarkibdan quvib chiqardi va butun Premyer-ligada faqat Salohdan kam gol uryapti. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda ham "Liverpul"da o‘ynagan bo‘lsa-da, bu mavsumda ancha o‘sgani sezilyapti.

"Liverpul" portugaliyalikning transferini 2020 yilning sentyabr oyida, pandemiya transfer oynasini oktyabrgacha uzaytirganida e’lon qildi. Diogo uchun deyarli 45 million yevro sarflandi. Shu bilan birga, ro‘yxatda kuchli hujumchilar uchligi bor edi. Firmino, Salah va Mane deyarli hech qachon o‘yinni o‘tkazib yuborishmagan va hujumchilar birinchi marta birga o‘ynagan 2017/18 yilgi mavsumdan boshlab har biri Premyer-ligada yiliga 15 dan ortiq gol urib kelishayotgan edi.

Bunday tarkibga kelish Jota uchun zaxirada qolishni anglatardi, ammo sobiq "Vulverxempton" o‘yinchisi darhol ko‘p daqiqalariga ega bo‘ldi. Ba’zida portugal zaxiradan maydonga tushdi, lekin 2020/21 yilgi mavsum o‘yinlarining asosiy qismini (Premyer-ligada 60%) asosiy tarkibda o‘tkazdi. Portugaliyalik "qizillar" uslubiga juda mos tushdi. Qolaversa, Yurgen Kloppning rotasiyasi barcha hujumchilarga maydonda ko‘p vaqt bo‘lishga, ajoyib shaxsiy raqamlarni ko‘rsatishga va jamoaga ko‘p foyda keltirishlariga yordam berdi.

Umuman olganda, yangi klubidagi birinchi mavsumda Jota 30 ta o‘yin o‘tkazdi va 14 ta samarali harakatni qayd etdi (13 + 1). Premyer-ligada yangi kelgan futbolchi unchalik ko‘p o‘ynamadi - bor-yo‘g‘i 19ta o‘yinda u 9ta gol urdi. 2020/21 yilgi mavsumda "Liverpul"ning hujumi hali ham o‘tgan yilgi standart trio bilan bog‘liq edi. Portugaliyalik tizzasidan jarohat oldi, shu sababli u deyarli butun qishni o‘tkazib yubordi: u dekabr boshidan martgacha (Premyer-ligada 11-turdan 29-turgacha) o‘ynamadi.

2020/21 yilgi mavsumda jarohatlar uning foydasiga o‘ynadi. 30 yoshli Firminyo to‘satdan muammoga duch keldi va mavsumning katta qaimini o‘tkazib yubordi. Braziliyalik futbolchi o‘sha mavsumda 16 ta o‘yin o‘tkazdi.

“Diogo aql bovar qilmaydigan hujumchi. So‘nggi bir necha oy ichida u haqiqiy “qotillik” instinktini rivojlantirdi, bu haqiqat. U to‘g‘ri joyda va yaxshi holatda. U hali yosh va u hali qiladigan ishlari ko‘p, lekin bu jamoa uchun juda yaxshi. Jota har doim mening e’tiborimda bo‘ladi”, - dedi Klopp.

Portugaliyaliklarning ko‘tarilish sababi nafaqat kashf etilgan “qotillik” instinkti, balki Muhammad Salox va Sadio Mane bilan ajoyib jamoaviy ish edi. Afrikaliklar portugalni mukammal tarzda to‘ldirishdi. Jota misrlik futbolchining golli uzatmalaridan so‘ng joriy mavsumda ikkita gol urdi va Saloxga chempionatdagi yagona gollini uzatmasini berdi. Aksariyat to‘plar, xuddi “qizillar”ning barcha to‘purarlari singari, Diogoga ham qanot himoyachilaridan yetib keladi. Hujumchilar tez-tez harakat qiladilar va bir-birlari uchun joy bo‘shatadilar.

Portugalning yana bir ajoyib sifati - bu ko‘p qirralilik. Hujumning istalgan pozisiyasida harakat qilishdan tashqari, yakunda o‘zining ko‘p qirraliligi bilan hayratda qoldiradi. Portugaliyalik futbolchi bir mavsumda o‘ng oyog‘i bilan ikkita, boshi bilan 4 ta va chap oyog‘i bilan 6 ta gol urgan. Umuman olganda, “Liverpul” uchun statistika yanada ajoyibroq: chap oyog‘i bilan to‘qqizta, o‘ng oyog‘i bilan to‘qqizta va boshi bilan yetti gol – fantastik universalizm. Jotaning zaif oyog‘I qaysi biri ekanligini ham tushinmaysan kishi.

"Liverpul" uni o‘z safiga qo‘shib olganida, u juda xursand edi, shunday emasmi? Keyin u jarohat oldi va bu biroz tushkunlikka tushdi. Ammo Jota bu mavsumda ajoyib tarzda qaytdi, bir paytlar uning o‘yinini tasavvur qilib bo‘lmasdek tuyuldi", dedi Darren Bent.

Jota ko‘p yillar davomida birinchi bo‘lib "Liverpul" hujumchilarining odatiy triosini o‘zgartirdi va Firminyo jarohati paytida umuman vaqtinchalik variant emasdek ko‘rinadi. 25 yoshli portugaliyalik Mersisayd futboliga juda mos tushadi va birinchi qiyin mavsumdan yangi darajada porladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:48, 30.12.2021.
O'qildi: 2191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.