Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte asosiy darvozabon Ugo Lyoris jamoada qolishni xohlayotganini bildirdi.
"Ugo — "Tottenxem" futbolchisi, u — jamoa sardori va shu yerda qolishni xohlamoqda. Aminmanki, u klub bilan shartnoma borasida til topishadi. Lyoris bizning klubni yaxshi ko‘radi, u o‘zini "Tottenxem"da baxtiyor his qilmoqda, — Kontening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Fabrisio Romano.