RMC Sport nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 43 yoshli neapollik tadbirkor Danilo IYErvolino «Salernitana» klubining yangi homiysi ekanligi borasida kafolat berldi. Bu bitim 10-20 million yevroni tashkil qilmoqda.
Agar 2021 yilning 31 dekabr kunigacha «Salernitana» klubini sotib olish uchun homiy topilmasa, u holda jamoa A Seriyadan chetlatilardi, chunki, klubning haqiqiy egasi Rimning «Lasio» prezidenti Klaudio Lotito sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatida bir inson ikki klub xo‘jayini bo‘lishi mumkin emas.