Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Tuxel: "Emerson borasida shoshmay turamiz"

Tuxel: "Emerson borasida shoshmay turamiz"

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi mavsumning qaynoq paytida tarkib borasida jiddiy muammolarga duch keldi. Ayni paytda jamoa tarkibida atigi bitta qanot himoyachisi qoldi.

Bu esa "ko‘klar"ni qishki transfer oynasida faol ishtirok etishlariga majbur qiladi, biroq, "Chelsi" yangi futbolchilarni xarid qilish borasida shoshma-shosharlikka yo‘q qo‘ymoqchi emas.

"Biz foydalanmoqchi bo‘lgan imkoniyatlardan biri  — Emerson Palmyerining qaytarish, ammo biz hozirgi holatni jiddiy tahlil qilishimiz kerak.

"Lion"da to‘p surayotgan futbolchi borasida to‘liq ma’lumotga ega emasmiz, shuningdek, fransiyaliklarning muddatdan oldin futbolchimizni ortga qaytarish borasidagi fikrini ham bilmaymiz.

Yaqin kunlar ichida bu borada ish olib boramiz, shundan so‘ng futbolchining keyingi taqdiri haqida gaplashamiz", — dedi Tomas Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Emerson ayni paytda Fransiyaning "Lion" tarkibida ijara asosida o‘ynamoqda.

Kiritildi: 16:08, 01.01.2022.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик