Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Arsenal" "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘ldi

APL. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Arsenal" "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 21-turidan o‘rin olgan markaziy "Arsenal" – "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlandi. "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, birinchi bo‘limning 31-daqiqasida Kiran Tirni uzatmasini Bukayo Saka golga aylantirib hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limida Maxrez penaltidan to‘p kiritib, Sakaning goliga javob qaytardi. O‘yinning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Rodri tomonidan kiritilgan gol "Man Siti"ga navbatdagi uch ochkoni keltirdi.

Qayd etish joiz, uchrashuvning 59-daqiqasida "Arsenal" himoyachisi Gabriyeel ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.

Angliya chempionati, 21-tur

"Arsenal" – "Manchester Siti" – 1:2

Gollar: Saka, 31 (1:0). Maxrez, 57 - penaltidan (1:1). Rodri, 90 (1:2)

Arsenal: Ramsdeyl, Tirni, Gabriel Magalyayns, Uayt, Tomiyasu, Jaka, Partey, Martinelli, Edegor (Xolding, 63), Saka (El-Neni, 84), Lyakazett (Smit-Rou, 71)

Manchester Siti: Ederson, Ake, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Bernardu Silva, Rodri, De Breyne, Sterling, Gabriel Jezus (Gyundogan, 63), Maxrez

Ogohlantirishlar: Jaka 55, Gabriel Magalyayns 57, Saka 63, Xolding 68

Chetlatish: Gabriel Magalyayns 59 (ikkinchi s.k)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:32, 01.01.2022.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar: 63 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик