Braziliyaning "Kruzeyro" va Ispaniyaning "Valyadolid" klubilari prezidenti Ronaldo koronavirus uchun topshirgan testida musbat natija chiqdi. Bu haqda "Kruzeyro" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ronaldo koronavirus alomatlarini yengil o‘tkazmoqda va o‘zini yaxshi his qilmoqda. U hozirgi paytda izolyasiyaga olingan.