Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Afrika kubogi boshlanmoqda! Asosiy yulduzlar bilan tanishamiz (top-10)

Afrika kubogi boshlanmoqda! Asosiy yulduzlar bilan tanishamiz (top-10)

Baho:
+ | -

9 yanvar kuni Kamerunda Afrika Millatlar kubogi start oladi. Garchi Yevropa klublari bu turnirni yomon ko‘rsalar-da, afrikalik eng yaxshi futbolchilar o‘z mamlakatlari sharafini himoya qilish uchun kurashga kirishadi. “Stadion.uz” nashri mazkur musobaqasining asosiy yulduzlari haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildi.

Muhammad Saloh

Balki bugungi kunda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi Muhammad Salohdir. Misrlik futbolchi “Oltin to‘p-2022”ga da’vogarlik qildi va bu ko‘p narsani anglatadi. Saloh Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari sifatida Musobaqaga jo‘nab ketdi. Misr terma jamoasining navbatdagi g‘alabaga bo‘lgan barcha umidlari futbolchining atrofida qurilgan, ammo bunga erishish juda qiyin bo‘ladi. Chunki, Salohning saviyasi kabi sheriklari terma jamoa safida yo‘q. Ehtimol, butun musobaqa davomida Muhammad jamoani oldinga tortar?! Kuzatamiz.

Sadio Mane

Ammo Salohning “Liverpul”dagi sherigi Sadio Mane Afrika kubogi bilan ortga qaytishi mumkin. Senegallik futbolchilar kuchli tanlovga ega, ammo asosiy yulduz “Liverpul” hujumchisi Sadio hisoblanadi. Tajribasi va mahorati tufayli Mane o‘yin natijasini o‘zi hal qila oladi. Shu bilan birga senegalliklar o‘z nomini tarixga yozmoqchi. 2019 yilgi musobaqa finalidagi omadsizligi uchun Senegal terma jamoasi a’zolari muxlislari oldidagi qarzni uzishni istashadi.

Riyod Mahrez

Jazoir terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogining amaldagi sohibi sifatida Kamerunga yo‘l oladi. 2019 yilda Mahrez ushbu g‘alaba uchun ko‘p ish qildi, turnirda uchta gol urdi, shu jumladan yarim finaldagi hal qiluvchi golni kiritdi. Jazoirlik “Manchester Siti”ning muhim futbolchisi va bu uning yulduzlik maqomini tasdiqlaydi. Agar, Xosep Gvardiola Mahressiz ishlay olmasa, demak bu haqiqiy yulduz. Ushbu mavsumda vinger barcha musobaqalarda 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mahrez esa ko‘proq jamoaviy o‘yinchi, ammo, ba’zi paytlarda u o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qila oladi.

Ashraf Xakimi

Olti oy oldin 60 million yevroga sotib olingan futbolchini yulduz demaslik qiyin. Ashraf Xakimi Liga 1 musobaqasida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urib, shuncha golli uzatmani amalga oshirgan. Marokashlik PSJning asosiy futbolchisi hisoblanadi. Ashraf juda kuchli, ammo u top yulduzlar kamdan-kam o‘ynaydigan pozisiyada harakat qiladi. Shu sabab, o‘ng qanot himoyachisi uchrashuvlar taqdirini hal qila olmaydi. Shu sabab, Marokash terma jamoasi “Sevilya” a’zolari Yassin Bunu i Yussef En-Nesri kabi hujumchilar yordamiga tayanadi. Shunga qaramay, jamoaning asosiy yulduzi - Xakimi.

Frank Kessi

Kot-d’Ivuarlik yarimhimoyachi “Milan”ning asosiy futbolchisi hisoblanadi. Kessi yordami bilan “rossonerilar” Chempionlar ligasi musobaqasiga qaytdi. Hozirda unga PSJ, “Real” va “Manchester Yunayted” kabi klublar taklif jo‘natmoqda, chunki yozda tugaydigan shartnoma yarihimoyachining kelajagi haqida mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Kessi hujumlarni buzishni ajoyib tarzda uddalaydigan tayanch yarimhimoyachi hisoblanadi. Shu sabab, Frank Afrika kubogiga Kot-d’Ivuar terma jamoasi yetakchisi sifatida boradi va ko‘p jihatdan, qoidaga ko‘ra, yulduzli tarkibga ega bo‘lgan, lekin uni birlashtira olmagan jamoaning natijasi unga bog‘liqdir.

Eduard Mendi

Kuchli darvozabonga ega bo‘lish - Afrika kubogida aql bovar qilmaydigan ustunlik. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Kamerundagi musobaqada Senegel terma jamoasi juda katta plyusga ega bo‘ladi. Eduard Mendi “Chelsi”da bir yarim yil ichida o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatdi. O‘tgan yozda ko‘pchilik londonliklarning xarididan hayratda qolgan bo‘lsa-da, hozirda Mendi, shubhasiz, Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi.

Pyer-Emerik Obameyang

Forvard “Arsenal”dagi ishlari yaxshi emas. Sababi, o‘tgan yilning dekabr oyida futbolchidan sardorlik bog‘ichi olib qo‘yildi. Qolaversa, gabonlik futbolchi “kanonirlar” safini tark etish haqida o‘ylamoqda. Biroq, shunday bo‘lsa-da, Pyer-Emerik Gabon terma jamoasi asosiy yulduz bo‘lib qolmoqda. Kamerun maydonlarida Obameyang jamoasi bilan natijaga erishish uchun bor kuchini ishga solishiga shubha yo‘q. Qolaversa, Afrika kubogida an’anaga ko‘ra ko‘p gol urishga harakat qilishga harakat qiladi. Balki Kamerundagi turnir Obameyang uchun o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bo‘lar?! Kuzatamiz.

Sebastyan Aller

Aller bu mavsumda faoliyatini qayta boshlagan forvard hisoblanadi. U Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasida ko‘p gol urganini hamma biladi, ammo “Vest Xem”da uning ishlari ko‘ngildagi kabi ketmadi. Shuning uchun, bir yil oldin u “Ayaks” bilan shartnoma imzolab, Gollandiya chempionatiga qaytdi va bu mavsumda Aller fantastik ish qilyapti. Sebastyan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6ta o‘yinida 10ta, Gollandiya chempionatining 17ta o‘yinida 12ta gol urgan.

Yusuf En-Nesiri

Iste’dodli marokashlik hujumchini jarohatlar qiynab keladi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda bor yo‘g‘i 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tmishda Yusuf Ispaniya chempionatida 18 ta, Chempionlar ligasida esa 6 ta gol urgan. An-Nesiri 24 yoshda va u tez orada haqiqiy top-klubda o‘zini topishi mumkin. Hujumchida golni his qilish tuyg‘usi, shuningdek yaxshigina tezligi bor. An-Nesiri hali yulduz emas, lekin yulduzga aylanishiga shubha yo‘q. Afrika kubogi - bu o‘zingizni ko‘rsatish uchun ajoyib turnir. Asosiy savol - hujumchining jismoniy holati.

Vilfrid Ndidi

Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi tayanch yarimhimoyachilaridan biri Vilfrid Ndidi “Lester” va Nigeriya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, unga “Real” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda, biroq ushbu jamoalar futbolchini xaridi x uchun 50 million yevrodan ko‘proq pul sarflashi kerak bo‘ladi. Ndidi “Lester”da yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. U ko‘p gol urmaydi, biroq jamoada katta rolni bajaradi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:50, 04.01.2022.
O'qildi: 6181 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.