Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

Xayr futbol! 2021 yilda faoliyatini yakunlagan afsonalar

Xayr futbol! 2021 yilda faoliyatini yakunlagan afsonalar

Baho:
+1 | -

“Stadion.uz” nashri 2021 yil yakunlarini sarhisob qilishda davom etmoqda. Hozir esa faoliyatini yakunlaganini elon qilgan yulduz futbolchilarni eslashga qaror qildi.

 

Ueyn Runi

Ueyn Runi shu yil boshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. U Angliya terma jamoasi va Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri sanaladi. Garchi, Xarri Keyn (48 gol) yaqin kelajakda undan o‘zib ketishi aniq bo‘lsa-da, Runi 53 ta gol bilan terma jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib qolmoqda. Ueyn Runi “Manchester Yunayted” safida 13 yil davomida to‘p tepgan. “Qizil iblislar” tarkibida forvard 559 ta o‘yin o‘tkazib, 253 ta gol urib, klubga ko‘plab sovrinlar, xususan, 5 ta Premyer-liga chempionligi va Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Runi uzoq vaqt davomida “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qoladi, chunki ushbu natichani yangilashga yaqin kelgan futbolchilar hozircha yo‘q.

 

Aryen Robben

2019 yilda Aryen Robben futboldan ketaganini aytgan edi, ammo keyin ma’lum bo‘lishicha, u faoliyatini shunchaki to‘xtatgan. Oradan bir yil o‘tib Robben o‘z ona shahri Groningenga qaytdi, biroq sog‘lig‘i futbolchiga ajoyib mavsum o‘tkazishga imkon bermadi va 2021 yilning yozida Aryen nihoyat butsasini mixga ilganini ma’lum qildi. Aryen Robben futbol tarixidagi eng yaxshi vingerlardan biri hisoblanadi. Uning sehrli chap oyog‘i ko‘plab darvozabonlar va himoyachilar uchun dahshatli tushga aylangandi. Robben o‘z faoliyati davomida uchta top-klubda – “Chelsi”, “Real” va “Bavariya”da o‘ynagan. Futbolchi mazkur klublarning barchasida yetakchilardan biri edi. Robben Gollandiya terma jamoasi safida 96 o‘yin o‘tkazgan. 2010 yilda u  terma jamoa bilan birga Jahon chempionati finalida o‘ynagan.

 

Serxio Aguero

Serxio Aguero futboldagi faoliyatini yakunlashini dekabr oyida e’lon qildi. Argentinalik hujumchining qarori majburiy bo‘ldi – kuzda “Barselona” safidagi o‘yinlarning birida Agueroda yuragi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Serxio “Manchester Siti”ning haqiqiy afsonasiga aylandi. Uning QPR darvozasiga urgan “oltin goli” “shaharliklar”ga o‘zining zamonaviy tarixida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritishga yordam bergan. U “Siti” muxlislari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqadagi aniq zarba, o‘sha lahza juda emosional edi. “Manchester Siti”dagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng Aguero “Barselona”ga o‘tdi, ammo kataloniyaliklar safida atigi beshta o‘yin o‘tkaza oldi, xolos.

 

Klaas-YAn Xuntelaar



O‘tgan mavsum oxirida Klas-YAn Xuntelaar ham faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi. U butun faoliyati davomida ko‘plab klublarda o‘ynagan taniqli hujumchi. Xuntelaar “Real Madrid” (20 o‘yinda 8 ta gol) va “Milan”da (30 o‘yinda 7 ta gol) yaxshi o‘ynamagan, biroq forvard “Ayaks” (257 o‘yinda 158 ta gol) va “Shalke 04” (249 o‘yinda 128 gol) safida ajoyib o‘ynadi. Klaas-YAn Huntelaar Gollandiya terma jamoasi safida 42 ta gol urgan. “Apelsinlar” tarkibida gol urish bo‘yicha u faqat Robin van Persidan pasroq natija ko‘rsatgan.

 

Samir Nasri

Samir Nasri o‘z salohiyatini to‘liq ochib bera olmagan futbolchilardan biri. Nasri faoliyatining yakuniy qismi umuman omadsiz bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi klubsiz bir yil o‘tkazib, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Balki, Samir 2018-2019 yillardagi doping uchun diskvalifikasiya qilinishi uni qattiq nokautga uchratgandir. Keyinchalik “Vest Xem” va “Anderlext”da Nasri o‘zidan kutilgan natijani ko‘rsata olmadi.

O‘z vaqtida Samir Nasri “Marsel”, “Arsenal” va “Manchester Siti”da o‘ynab, haqiqatan ham porlagan edi. Chaqqon va texniksi kuchli yarimhimoyachi shunday o‘yinlar o‘tkazdiki, uni hatto yangi Zinedin Zidan deb ham atashgan. Afsuski, vaqt o‘tishi bilan Nasri kabi yulduz sekin-asta so‘na boshladi.

 

Mario Manjukich

2017 yilgi Chempionlar ligasi finaldida ajoyib gol urgan Mario Manjukich ham faoliyatini yakunladi. Xorvat futbolchilik faoliyati ko‘plab jamoalarda o‘tkazgan. Manjukich Yevropaning eng kuchli chempionatlarida “Volfsburg”, “Bavariya”, “Atletiko”, “Yuventus” va “Milan” klublarida o‘ynagan. Xorvatiyalik uchun “rossonerilar” lageridagi so‘nggi mavsum golsiz o‘tdi - unga sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar to‘sqinlik qildi. Lekin, avvalgi klublarda u muntazam ravishda samarali harakatlari bilan ajralib turgan. Mario Manjukich Xorvatiya terma jamoasi safida 33 ta gol urdi va eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Shaxmatchilar” safida faqat Davor Shuker undan ko‘proq gol urgan.

 

Sami Xedira

Sami Xedira iqtidoriga kam baho berilgan futbolchilardan biri hisoblanadi. U o‘z jamoalariga muvaffaqiyat qozonishida katta hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, asosan soyada qoldi. Xedira “Real”da besh mavsum,“Yuventus”da esa besh yarim mavsum o‘tkazdi. Bu vaqt ichida nemis bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritdi, xususan, 2013/2014 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Sami Xedira faoliyatidagi so‘nggi klubi “Gerta” bo‘lib, o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini o‘sha yerda o‘tkazdi va shundan so‘ng faoliyatini yakunladi.

 

Nuri Shaxin

Oktyabr oyida 33 yoshli Shaxin ortiq futbol o‘ynamasligini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng darhol Nuri futbolchilik faoliyatining so‘nggi yilini o‘tkazgan “Antalyaspor”ga rahbarlik lavozimiga tayinlandi. Turk futbolchisi “Feyenoord” bilan Gollandiya kubogini, “Real” bilan esa La Ligani qo‘lga kiritgan. Ammo ishqibozlar futbolchini eng ko‘p Dortmundning “Borussiya” jamoasidagi o‘yinlari bilan eslashdi. Sobiq yarimhimoyachi “asalarilar” bilan birgalikda Germaniya chempioni bo‘ldi, Germaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Shaxin 2010/11 yilgi mavsum yakunida Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 

Antonio Valensiya

 

Valensiya —Evropada 10 yil davomida “Manchester Yunayted” tarkibida o‘ynagani bilan mashhur. Bu vaqt ichida Antonio ikki marta Angliya chempioni bo‘ldi, 3 marta Angliya Superkubogi, ikki marta Liga kubogi, shuningdek, bir marta Angliya kubogi va Yevropa Ligasi sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari, “Nasyonal” bilan Ekvador chempioni, “LDU Kito” jamoasi bilan esa Ekvador kubogini qo‘lga kiritdi. Valensiya o‘z mamlakatida ikki marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Sobiq himoyachining so‘nggi klubi Meksikaning “Keretaro” klubi bo‘lib, ushbu jamoani may oyida uni tark etgan va o‘shandan keyin ekvadorlik futbolchi 35 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

 

Odil Ahmedov

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori va yetakchisi Odil Ahmedov ham rasman futbolchilik karyerasini yakunladi. Tajribali yarimhimoyachining so‘ngi klubi Xitoyning “Sanchjou” klubi bo‘ldi. Shuningdek, Odil faoliyati davomida Toshkentning “Paxtakor” Rossiyaning “Anji” va “Krasnodar”, Xitoyning “Shanxay SIPG”, “Tyanszin” klublari sharafini himoya qilgan. Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasi safida 108 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Yil oxirida, aniqrog‘i dekabr oyida Odil Ahmedov rasman futbolchilik faoliyatini yakunlagani e’lon qildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Ahmedov Odil Alimjanovich O‘FA vise-prezidenti lavozimi hamda O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga tasdiqlandi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:41, 04.01.2022.
O'qildi: 6915 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.