24 yoshli «shporlar» himoyachisining yanvarda jamoani tark etish imkoniyati yuqori. «Tottenxem» futbolchining narxini 20 million funt deb belgilagan.
Xaridorlar nomi hali e’lon qilinmagan. «Nyukasl» futbolchini sotib olishi mumkinligi haqidagi faqat mish-mishlar matbuotda tarqaldi. Rodon Antonio Kontening nazaridan chetda qolgan futbolchi hisoblanadi. Italiyalik mutaxassis uelslik futbolchiga o‘zining rejalariga kiritmaganligini aytgan.
O‘tgan mavsumda futbolchi Premyer-liganing o‘n ikkita o‘yinida maydonga tushgan. U joriy mavsumda esa bir marta jamoasiga yordam bergan.