Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shirshov - sodda va samimiy edi...

Shirshov - sodda va samimiy edi...

Baho:
+ | -

So‘nggi oylarda ishlar ko‘payib ketdi va «Telegram» kanalni yuritishga ulgurmadim. Afsuski, sukunatni buzishga arzigulik qayg‘uli sabab topildi: Nikolay Shirshovning kutilmagan vafoti yuraklarni parchaladi. U nafaqat yorqin, balki ishonchli o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan biri edi. Qolaversa, maydon tashqarisida shu qadar ideal ediki, suhbatning dastlabki daqiqalaridan odamni o‘ziga tortardi...

***

- 1974 yili tug‘ilgan Kolya futbolimizning «oltin avlodi»ga birinchilardan bo‘lib kirgan. Sobiq ittifoq payti O‘zbekiston termasi ushbu yosh toifasida «Nadejda» turnirining oxirgisida 2-o‘rinni egalladi. O‘sha jamoadan sobiq ittifoq yoshlar termasiga 5 nafar futbolchi chaqirildi: darvozabon Pavel Bugalo, yarim himoyachilar Yorqin Nazarov, Andrey Yarovoy, hujumchilar Valeriy Kechinov va Oleg Shaskix. Yana bir kiper Ruslan Ahmedxonov (O‘zbekiston termasida Bugalodan avval debyut qilgan), yarim himoyachilar Olim Shokirov hamda Avaz Hoshimov (bir yosh kichik bo‘lgan) termadan chetda qolishdi. Shirshov esa nafaqat sobiq ittifoq, balki O‘zbekiston termasiga ham kirmagan. Kolya bundan ranjigan, albatta. Ya’ni murabbiylar o‘z maktablari tarbiyalanuvchilariga e’tibor qaratishgani tufayli nazardan chetda qolganini aytgandi. Shirshov «Paxtakor»dan chiqqan. Yoshlar futbol maktabini tamomlagach, dastlab ijara asosida «Sverdloves» (bu klubning ham, uning Toshkent viloyatidagi stadioni ham yo‘qlikka yuz tutganiga ancha bo‘ldi)ga bordi, keyin «Traktor»da o‘ynadi. U bilan aynan shu jamoada tanishgandik. «Traktor» bilan munosabatim yaxshi bo‘lib, jamoada muhit ham ajo­yib edi. Shirshov «Traktor»da shu qadar yorqin o‘yin namoyish etdiki, O‘zbekiston chempionatining dastlabki mavsumi yarmidayoq kashfiyotga aylandi. Tabiiyki, «Paxtakor» uni ort­ga qaytarishni xohladi va bu ish 1993 yilning yanvarida amalga oshdi.

Kolya bilan esda qolgan uchrashuvimiz 1993 yilning martiga to‘g‘ri keldi. «Paxtakor» o‘shanda Malayziyada tashkillashtirilgan mavsumoldi yig‘inidan qaytgan, jamoani Qibraydagi bazada futbol federasiyasi prezidentligiga endigina saylangan Abdulhoshim Mutalov bilan uchrashuv kutib turgandi. Mamlakat tarixida futbolni rivojlantirish bo‘yicha ilk Qaror chiqarilgan, O‘zbekistonning o‘sha paytdagi bosh vaziri Mutalovning e’tibori esa futbolchilar uchun juda qiziq tuyulgandi. Uning tashrifini kutar ekanmiz, vaqt o‘tkazish uchun Shirshov xonasida o‘tirib, futbolchining Malayziya safari taassurotlarini ting­ladik. Eslatma, 1993 yil haqida gap ketmoqda. Futbolchilar o‘zlari xohlagandek ko‘p maosh olishmasdi. Shu bois, Malayziya safari qo‘shimcha daromad maqsadida ham amalga oshirilardi. Delegasiya a’zolari o‘zlari bilan yig‘in joyida sotish mumkin bo‘lgan buyumlarni olishardi: kimdir shampan vinosi, kimdir - shisha idishlar. Kolyaning aytishicha, o‘shanda Toshkent bojxonasida undan Chust pichog‘ini olib qo‘yishgan. Buni shu qadar tushkun holda so‘zladiki, 18 yoshli yigitga rahmim kelgandi:

- Bojxonachi juda ... (yomon odam) ekan. Ozgina pul ishlab olish imkoniyatingdan mahrum qilibdi.

- Hechqisi yo‘q, - dedi Kolya. - Yuklarim ichida yana 9ta pichoq bor edi.

Shu suhbat ham uning sodda va samimiy ekanligidan dalolat. Qalbi keng, ko‘ngli ochiq inson edi.

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: https://t.me/ANikimbaev, interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 05.01.2022.
O'qildi: 2383 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.