Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Xurshid Muxtorov yana “Navbahor”ga qaytdi

Xurshid Muxtorov yana “Navbahor”ga qaytdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Mahoratli himoyachi Xurshid Muxtorov namanganliklar bilan shartnoma imzoladi.

Muxtorov 1994 yilning 9 fevralida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tug‘ilgan. Futbol bilan 9 yoshidan shug‘ullana boshlagan. Xabaringiz bor, mazkur futbolchi 2020 yilgi mavsumda “Navbahor” tarkibida o‘ynagan.

Shuningdek, Xurshid Muxtorov jamoamizdan tashqari, “Guliston” (Guliston, 2013 yil), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2014 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2015-2016 yillar), “Olmaliq” (Olmaliq, 2017-2018 yillar) va “Nasaf” (Qarshi, 2019 yil) klublarida ham to‘p tepgan.

O‘tgan mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” tarkibida o‘tkazgan 27 yoshli futbolchi Coca Cola Superliga bahslarida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 776 daqiqa harakat qilgan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:26, 05.01.2022.
O'qildi: 1455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик