Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

"Navbahor" transferlar haqida ma’lumot berdi

"Navbahor" transferlar haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Aksariyat muxlislarimiz orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan va tushunmovchilikni keltirib chiqarayotgan mavzu, ya’ni, qishki transferlar oynasida “Navbahor” jamoasida amalga oshirilayotgan transferlar limiti mavzusiga to‘xtalsak.

2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentida transfer oynasi davomida Superliga futbol klublari faqatgina 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan va klublar bu haqda avvalroq rasman ogohlantirilgandi. O‘z navbatida, 2021 yilning 6 dekabr sanasiga qadar futbol klublarida istalgan miqdorda yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati mavjud edi. “Navbahor” PFK bu imkoniyatdan unumli foydalanib, 2021 yil 6 dekabrgacha 6 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolab, ularni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazgandi.

Qishki transferlar oynasi ochilganidan keyin, ya’ni 2021 yilning 6 dekabridan to hozirgacha “Navbahor” 4 nafar yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Demak, hozirga kelib, jamoamiz yana 6 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega. Shu bois, “Navbahor” limiti tugab qoldi”, deya noo‘rin xavotirga tushayotgan muxlislarimizdan xotirjam bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Jamoamizda seleksiya ishlari va yangi futbolchilar bilan muzokaralar davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida keltirish joizki, 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentiga muvofiq, limitdan tashqari holatda futbol klublari 2021 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishlari yoki o‘zlarining U-18 jamoalaridan cheklanmagan miqdorda yosh iqtidorlarni asosiy jamoaga taklif etishlari mumkinligi belgilangan. Shuningdek, 2000 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan yangi shartnomalar ham limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 00:13, 06.01.2022.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.