Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman: Zabixillo O‘rinboyev "Metallurg"ga qaytdi

Rasman: Zabixillo O‘rinboyev "Metallurg"ga qaytdi

Baho:
+ | -

Yangi yilning birinchi haftasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z tarkibini yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirmoqda. O‘z vaqtida bekobodliklar sharafini himoya etgan futbolchilardan yana biri “Metallurg”ga qaytdi. Zabixillo O‘rinboyev bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.

Zabixillo O‘rinboyev 26 yoshda. 1995 yilning 30 mart sanasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini “Bunyodkor” jamoasida boshlagan. “Olmaliq”, “Paxtakor”, “Metallurg” va “Navbahor” jamoalarida o‘ynagan. Elitada 134 ta o‘yinda maydonga chiqqan. 7082 daqiqa to‘p surgan. 11 ta gol kiritgan. 10 ta sariq kartochka bilan jazolangan.

Zabixillo O‘rinboyev yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni (2018) bo‘lgan. O‘zbekiston chempioni (2013), vise chempioni (2016). O‘zbekiston kubogi (2013) va Superkubogi (2014)sohibi. Zabixillo “Metallurg”ga erkin agent sifatida “Navbahor”jamoasidan kelib qo‘shildi.

 

Manba: t.me/fcmetallurguz
Kiritildi: 19:03, 06.01.2022.
O'qildi: 1623 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик