Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman! Fozil Musayev — “Metallurg” futbolchisi

Rasman! Fozil Musayev — “Metallurg” futbolchisi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyatida tavallud topib, nomdor futbolchilardan biriga aylangan, ko‘p yillar O‘zbekiston terma jamoasi sharafini xalqaro maydonlarda himoya etgan Fozil Musayev yangi mavsumda “Metallurg” jamoasi libosida maydonga tushadigan bo‘ldi. “Metallurg” PFK o‘z tarkibiga tajribali yarim himoyachini qo‘shib oldi.

Fozil Musayev 33 yoshda. 1989 yilning 2 yanvar sanasida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Qarshining “Nasaf” jamoasida boshlagan. Keyinchalik mamlakatimizning “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Turon” jamoalarida o‘ynadi. Qatarning “Al Muattar”, Eronning “Sepaxon”, Yaponiyaning “Jubilo Ivata” jamoalari sharafini himoya etdi. Xorijdagi faoliyatini ham qo‘shib hisoblaganda kuchlilar safida 278 ta o‘yinda maydonga tushgan. 18035 daqiqa yashil maydonda to‘p surgan. 23 ta gol kiritgan. 42 marta ogohlantirilgan.

Fozil Musayev – O‘zbekiston vise-chempioni (2011, 2014), O‘zbekiston kubogi sohibi (2014), mamlakat kubogi finalchisi (2011, 2012), Superkubok finalchisi (2014), Eron Islom Respublikasi chempioni (2014/15), OFK kubogi sohibi (2011) bo‘lgan. O‘zbekiston o‘smirlar (2007-2008), yoshlar (2009-2011) va milliy (2009-2015) terma jamoalari safiga jalb etilgan.

Fozil Musayev
33 yoshda. 1989 yilning 2 yanvar sanasida tug‘ilgan.
Ampluasi – yarim himoyachi
Faoliyat yuritgan jamoalari:
2007-2008 yillar – “Nasaf” (Qarshi)
2009-2011 yillar – “Mash’al” (Muborak)
2012 yil – “Nasaf” (Qarshi)
2013 yil – “Bunyodkor” (Toshkent)
2013-2014 yillar – “Al Muattar” (Qatar)
2014 yil – “Lokomotiv” (Toshkent)
2014-2016 yillar – “Sepaxon” (Eron)
2016 yil – “Nasaf” (Qarshi)
2017-2020 yillar – “Jubilo Ivata” (Yaponiya)
2021 yil – “Turon” (Yaypan)

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 19:46, 06.01.2022.
O'qildi: 2111 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик