Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hamyurtimiz xalqaro tashkilot a’zosiga aylandi

Hamyurtimiz xalqaro tashkilot a’zosiga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi bosh kotibi, O‘zbekiston polo federasiyasi raisi o‘rinbosari Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, 2024 yilgacha bo‘lgan muddatga qadar UIPM Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi etib tayinlandi.

Oldinroq hamyurtimizning nomzodi UIPM prezidenti, doktor Klaus Shormann tomonidan tashkilot Ijroiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 27-28 noyabr kunlari o‘tkazilgan UIPMning onlayn Kongressida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi tomonidan xalqaro tashkilot qoshida Xotin-qizlar qo‘mitasini tuzish g‘oyasi ilgari surilgan edi.

Bundan ko‘zlangan maqsad - sportchilar, trenerlar, hakamlar va sport federasiyalari rahbarlari orasida gender tengligini ta’minlashdan iborat. Ta’kidlash kerak, UIPM qoshida Xotin-qizlar qo‘mitasini tuzish taklifini onlayn Kongress ishtirokchilarining 95 foizi qo‘llab-quvvatladi.

Manba: minsportuz
Kiritildi: 20:32, 07.01.2022.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.