Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘FA U-23 Osiyo chempionati mezbonligi yuzasidan tayyorgarlik ishlarini davom ettiradi

O‘FA U-23 Osiyo chempionati mezbonligi yuzasidan tayyorgarlik ishlarini davom ettiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ushbu yilda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi O‘zbekiston maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha munosib tarzda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hududlarda futbol ommaviyligini oshirish va rivojlantirish maqsadida U23 Osiyo kubogi bahslarini Repsublikamizning turli hududlarida o‘tkazishni reja qilmoqda. Shu sababli, ushbu chempionatni o‘z stadionida qabul qilishi mumkin bo‘lgan shaharlarni ko‘zdan kechirish ishlarini boshladi.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi U23 Osiyo kubogi Tashkiliy qo‘mita vakillari mezbonlikka nomzod shaharlardan biri hisoblangan Qarshi shahriga tashrif buyurdi. Qarshi Markaziy stadioni, mashg‘ulot maydonlari va shaharda joylashgan mehmonxonalardagi sharoitlar o‘rganildi, mavjud kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.

Tashkiliy qo‘mita vakillari mezbonlikka nomzod bir qator shaharlarda o‘rganish ishlarini olib boradi. Mezbon shaharlar va stadionlar nomi bo‘yicha yakuniy xulosalar Osiyo futbol konfederasiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:54, 07.01.2022.
O'qildi: 1409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.