Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Neapolliklarga “tishi o‘tmagan“ Turin klubi

Neapolliklarga “tishi o‘tmagan“ Turin klubi

Baho:
+ | -

“Yuventus“ 1:1 “Napoli“

Kecha tunda bo‘lib o‘tgan mazkur bahsdan oldin favorit aniq edi. Turinning “Yuventus“ jamoasi himoyadagi Bonuchchi va Kyellinini hisobga olmaganda deyarli yo‘qotishlarsiz harakatlanishi ma’lum edi mazkur uchrashuvda.

Narigi tarafda esa asosiy tarkibning bir emas, ikki emas, naq to‘rt futbolchisi maydonga tusha olmasdi. Kulibali Afrika Kubogida qatnashmoqda, Mariu Ruyning diskvalifikasiyasi bor (kartochkalari ko‘payib ketgan), Losano va Osimxen esa jismoniy tomonlama o‘yinga tayyor emasdi.

Ko‘rib turganingizdek, “havoranglar“ tarkibidagi yo‘qotishlar ancha salmoqli. Biroq shunga qaramay, ular matchning 1-bo‘limida raqib bilan tengma-teng kurash olib bordi va hatto, taymni 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunladi.

Dastlabki 45 daqiqalik haqida fikr bildiradigan bo‘lsak, ikki jamoa ham sifatli va tartibli futbol namoyish etdi. Ayniqsa, himoyada klublar darsliklarga kiritilsa arziydigan darajada mukammal harakat qildi. To‘g‘ri, “Yuve“ gol o‘tkazib yubordi, ammo golgacha va goldan keyin “zebralar“ 2 qavatli himoyani ajoyib tarzda qurishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib yo‘llagan 16 zarbaning 7tasiga blok qo‘yilgani turinliklar yaxshi himoyalanganligiga isbot bo‘la oladi. Shuningdek, qanotdagi o‘yinchilarning hujum va himoyaga birdek ulgurayotgani murabbiy sxemalarining samarali ishlayotganidan darak beradi.

Xo‘sh, “Napoli“ haqida qanday iliq fikrlar bildirishimiz mumkin? Tan olish kerak, Spalletti shogirdlari o‘yin tomonlama raqibidan ustun edi. Zotan, shuncha yo‘qotishlar bilan teng ko‘rsatkichlar qayd etishni bemalol ustunlik desak bo‘laveradi. Ayniqsa, ikkinchi taymda (garchi gol o‘tkazib yuborgan ersa-da) klub yanada yaxshiroq ko‘rindi. Jamoa to‘p nazorati, aniq paslar va xavfli hujum tashkil etish kabi muhim ko‘rsatkichlarda “keksa sinyora“ni ortda qoldirdi.

O‘yin davomida asosan tezkorlikka urg‘u bergan Neapol jamoasi yakunda 1 ochko egasiga aylandi. Haqli ravishda, albatta.

Qayd etish lozim, “Napoli“da markaz nisbatan kuchliroq edi kechagi uchrashuvda. Nomlar borasida mezbonlar “og‘ir tosh“ bossa-da, mehmonlar yarim himoyasi tartibli va aniq harakatlar evaziga jamoa o‘yinidagi balansni ushlab turdi.

Shu tariqa, tomonlar 1:1 hisobi bilan o‘yinni yakunladi. Ushbu durangdan so‘ng “Yuventus“ ochkolari sonini 35taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “Napoli“ esa 40 ochko bilan jadvalning 3-pog‘onasidan o‘rin egallagan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:19, 07.01.2022.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.