Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Krishtianu Ronaldu «Barselona»ga o‘tishi mumkin. U «Manchester Yunayted»dagi vaziyatdan norozi

Krishtianu Ronaldu «Barselona»ga o‘tishi mumkin. U «Manchester Yunayted»dagi vaziyatdan norozi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Sport.es.

Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik jamoadagi vaziyatdan charchagan va «Manchester Yunayted» rahbariyatidan norozi. Ronaldu o‘zining agenti Xorxe Mendeshga vaziyat o‘zgarmasa, yangi jamoa izlash kerakligini aytgan.

Mendesh «Barselona»ning hozirgi rahbariyati bilan yaxshi munosabatlarda va Ronalduning xizmatlarini kataloniyaliklarga taklif qilishga tayyor. «Barselona» bosh murabbiyi Xavi yangi hujumchi sotib olmoqchi ekani inobatga olinsa, klub Ronaldu variantini ko‘rib chiqishi haqiqatdan yiroq emas.

Ronaldu Angliya Premyer Ligasining 2021/22 yilgi mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. «Qizil iblislar» APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Ralf Rangnik shogirdlari 19 uchrashuvda 31 ochko to‘plagan, jamoa 2 ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan peshqadam «Manchester Siti»dan 22 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:59, 10.01.2022.
O'qildi: 9329 marta.
Fikrlar: 48 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик