Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Mourinyo qariyaptimi?

Mourinyo qariyaptimi?

Baho:
+ | -

Gap Joze Mourinyoning murabbiylik darajasida emas. U hamon top, lekin ishlayotgan klubi va o‘z ambisiyalarini moslab olishi kerak. To‘g‘ri, bu ko‘proq odam psixologiyasi bilan bog‘liq. Har kim badavlat hayot va yutuqlarga ko‘nikkach, birdan o‘rtacha holatga qaytishi qiyin. Qaytganda ham o‘rganish uchun vaqt kerak. Ana shu narsada qiynalmoqda Mour. Avval ham qiziqqon ediyu, asosan raqiblarga nisbatan. Hozir esa ommaviy tarzda o‘z jamoasini tanqid qilyapti.

Kecha "Yuve"ga yutqazgach, Joze jamoasining ruhiyati yo‘qligi, kuchlilar bilan kurashishni bilmasligi, liderlik xususiyatiga ega futbolchi yetishmasligi va yana bir qancha kamchiliklarni keltirib o‘tibdi. Bu hammasi ichkarida gaplashiladigan gaplar. Ichkaridagi gaplarni ommaga olib chiqqan futbolchilarni u bir paytlar "kalamush" deb atagan. Avvallari tanqid zarbasini o‘ziga qabul qilib, bu orqali jamoasini bosimdan xalos qilardi. Aybni o‘z zimmasiga olardi. Hozir esa…

Shaxsan men uchun Joze Mourinyo zamonamizning eng kuchli murabbiyi bo‘lib qolaveradi, ammo yoshi sabablimi bilmadim, xarakteri tobora og‘irlashib bormoqda. G‘alabaning muallifi ko‘p, mag‘lubiyat murabbiyniki.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 15:08, 10.01.2022.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.