Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan "Yuventus" hujumchisi Federiko Kyeza tizzasidan jarohat olganligi tasdiqlandi.
"La Gazette Dello Sport" xabariga ko‘ra, u jarohati tufayli olti oyni o‘tkazib yuboradi.
Hujumchi Italiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan “Roma”ga qarshi o‘yinda (4:3) jarohat olgan edi.
24 yoshli italiyalik joriy mavsumda jamoa safida barcha turnirlarda 18ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.