Xabaringiz bor, avvalroq klubda yevropalik mutaxassis ish boshlashi haqida ma’lumot bergandik.
Kutilgan mutaxassis Vadim Barnich bilan bugun rasman shartnoma imzolandi va u klubimda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy lavozimida ishlashi kelishib olindi. Asli kelib chiqishi Latviya davlatidan bo‘lgan mutaxassis bunga qadar 5 yil davomida Germaniyaning "Fortuna Dyusseldorf" klubi murabbiylar shtabida ishlagan.
"Turon" matbuot xizmati.