Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Murodjon Ahmadaliyevning jangi uchun promouterlik savdosi muddatidan avval o‘tkaziladigan bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyevning jangi uchun promouterlik savdosi muddatidan avval o‘tkaziladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon «Kaka» Ahmadaliyevning (10-0, 7 KO) navbatdagi raqibi mazkur toifada majburiy da’vogar filippinlik Marlon Tapales (35-3, 18 KO) bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

IBF har ikki tomon vakillariga jangni tashkil qilish borasida o‘zaro kelishuvga erishish uchun 2 fevralga qadar muhlat berilgandi. Ammo Tapalesning promouterlik kompaniyasi MP Promotions kimoshdi savdosini muddatidan avval o‘tkazishni so‘ragan. Ushbu murojaat IBF’ni qoniqtirdi va Ahmadaliyev—Tapales jangini tashkil etish huquqini qo‘lga kiritish uchun bo‘lib o‘tadigan promouterlik savdosi 18 yanvar kuni Nyu Jersida shtatidagi tashkilot bosh qarorgohida o‘tkazilishi tasdiqlandi.

IBF qoidalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lishni xohlagan tomon kamida 25 ming dollar pul taklif qilishi lozim. Shartga ko‘ra, amaldagi chempion Ahmadaliyev jamoasi gonorarning 65 foiziga, Tapales esa 35 foiziga ega chiqadi.

Tapales so‘nggi jangini 2021 yil 11 dekabrida yaponiyalik Hiroaki Teshigavaraga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Bu orqali filippinlik bokschi IBF kamari uchun majburiy da’vogarga aylangan. Avvalroq u Ahmadaliyevning sobiq raqibi Ryosuke Ivasaga imkoniyatni boy bergandi.

Ahmadaliyev esa so‘nggi jangini 2021 yilning 19 noyabrida Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Qayd etish kerak IBF qo‘ygan shartga ko‘ra, hech bir bokschi jang bo‘lib o‘tadigan sanaga qadar boshqa jang uchun shartnoma tuzishi taqiqlanadi. Bu o‘z navbatida Ahmadaliyevning barcha kamarlarni birlashtirish istagini ortga suradi. Shu tariqa Murodjon va WBC hamda WBO kamarlari egasi Stiven Fulton (20-0, 8 KO) o‘rtasidagi jang yaqin orada o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, 2022 yilda Fultonni ham majburiy himoya jangi kutib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:36, 11.01.2022.
O'qildi: 1987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.