Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Xavi: «El-klasiko» natijasini taxmin qilib bo‘lmaydi»

Xavi: «El-klasiko» natijasini taxmin qilib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya superkubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Real"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Ferran va Pedri koronavirusdan xalos bo‘lib, o‘ynashi mumkinligi haqidagi xabar biz uchun juda yaxshi yangilik bo‘ldi. Biz Ferranning ro‘yxatdan o‘tkazilishini kutayotgandik. Ansu ham biz bilan birga va jamoaga yordam berishi mumkin.

Ko‘ramiz, Ansu va Ferran ertaga o‘yinda ishtirok eta olishadimi, ular biz uchun muhim o‘yinchilar. Ularga qanchadir o‘yin amaliyotini bersam kerak. Endi futbolchilarni yo‘qotishni istamaymiz.

Jamoadagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishda davom etyapman. Biz o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Biz qurayotgan loyihaga vaqt kerak. Ammo ertangi o‘yin biz uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Pedri, Ansu, Frenki, Arauxo. Ertangi o‘yinda ham, kelajakda ular muhim ahamiyatga ega bo‘lishadi. Ularning safga qaytganidan xursandman.

Men folbin emasman, ammo optimistik ruhiyatdaman. Qilingan ishlar haqida o‘ylayapman. Oaradn 2 oy o‘tdi va men ijobiy jihatlarni ko‘ryapman. Biz raqobatbardosh jamoa bo‘lishimiz kerak. Bu final yo‘llanmasi uchun bahs bo‘ladi.

"Real Madrid", nazarimda, ayni paytda ular Ispaniyada eng yaxshi formada bo‘lgan jamoa, bizga qiyin bo‘ladi. Ammo bizda shunday narsalar borki, ularning o‘yinini buzgan holda finalga chiqish uchun kurashamiz.

"El-klasiko" natijasini taxmin qilib bo‘lmaydi. Biz o‘z qurolimizdan foydalansak, hammasi joyida bo‘ladi.

"Madrid"ni to‘xtatish — bu jamoaviy vazifa. Ish himoyaga yetib borsa, aqlli harakat qilishingiz kerak. Chunki Vinisius va Benzema raqib safidagi juda xavfli futbolchilar. Biz ularni nazoratda ushlashga harakat qilamiz.

Memfis? U ham boshqa o‘yinchilar kabi vazifani bajaradi. Kim o‘ynashga haqli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi", - dedi Xavi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 22:20, 11.01.2022.
O'qildi: 5858 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.