Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

«Nyukasl» Kris Vudni qimmat narxga sotib olib to‘g‘ri qildimi?

«Nyukasl» Kris Vudni qimmat narxga sotib olib to‘g‘ri qildimi?

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi. Klub Kris Vudni 30 million yevroga sotib oldi.

“Nyukasl”ni arablar sotib olgani, jamoa yaqin yillarda top klubga aylanish ambisiyasiga ega ekani, tranfser bozorida katta yulduzlarga xaridor bo‘la boshlagani yangilik emas. Ammo avvalo, buning uchun APLda qolishni eplash kerak. Buning uchun “Nyukasl” hoziroq yaxshi futbolchilarga muxtoj, kelajak uchun emas, aynan bugun jamoani kuchaytirish uchun yoshi kattaroq bo‘lsa ham, Kiran Tripye yoki Kris Vud kabi futbolchilarga murojaat qilayotganini tushunsa bo‘ladi.

Lekin transfermarketdagi narxi atigi 6 million bo‘lgan va bu mavsumda atigi 3 gol urgan Kris Vudni (Vud ingliz tilida “taxta” degan ma’noni beradi va u aynan shu tipdagi hujumchi) 30 million yevroga sotib olish? Qachondir, balkim kelasi yil “Nyukasl” Angliyada yevrokuboklar uchun kurashadigan, tarkibida shunga mos top-futbolchilar bo‘ladigan jamoaga aylansa, oldingi chiziqda Kris Vudning yugurib yurishini tasavvur qila olasizmi?

Ha, “Nyukasl”ga hujumchi kerak. Ayni damda jamoa APLda qolish uchun kurashishi uchun. Kallum Uilsonning jarohati ham hujumchiga ehtiyoj yaratdi. Aytilishicha, “Nyukasl”ga yanvar transferlari uchun 50 million funt ajratilgan va klub bu pullarni Tripye va Vud uchun deyarli sarflab bo‘ldi.   

Balkim “Nyukasl” rahbarlariga futbolda “ijara shartnomasi” degan amaliyot ham borligini eslatib qo‘yish kerakdir? Jamoani vaqtincha kuchaytirib, bu mavsumdagi asosiy maqsad uchun yordam beradigan o‘nlab futbolchilar borki, ular Kris Vuddan zo‘r va tabiiyki, ijara sistemasida arzonroqqa tushgan bo‘lardi.

Ayniqsa, JCH o‘tkaziladigan davrda zaxirada qolayotgan yulduzlarni jalb qilish osonroq kechadi. Misol uchul Olivye Jiru. APLda sinalgan, hozir esa, "Milan"da butun mavsum bo‘yicha atigi 7 o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Va hokazo.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 15:43, 13.01.2022.
O'qildi: 2503 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.