Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Boks. «Sidney Jakson fenomeni» hujjatli filmining taqdimoti o‘tkazildi

Boks. «Sidney Jakson fenomeni» hujjatli filmining taqdimoti o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi «Cinema Palace» kino saroyining kichik zalida (sobiq «Panorama» kinoteatri) o‘zbek boks maktabining asoschisi Sidney Jakson xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, «Milliy PR-markaz» DUK hamkorligida tashkil etildi.

Hujjatli film premyerasida Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston boks federasiyasi vakillari, Sidney Jaksonning qizi Paina Jakson va uning yaqinlari, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji trener-pedagoglari, o‘zbek boksi faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, taqdimot marosimida AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi, janob Daniyel Rozenblyum ham ishtirokchilarga videomurojaat shaklida qutlov yo‘lladi.

E’tirof etish joiz, o‘zbek boks maktabi bugun butun dunyoga ma’lumu-mashhur. Sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston sha’ni va qudratini munosib himoya qilib, yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov, Shaxram G‘iyosov, Murodjon Axmadaliyev, Shahobiddin Zoirov kabi charm qo‘lqop ustalari o‘zbek boksining yangi avlod yulduzlari sanaladi. Ular erishayotgan yutuqlar zamirida murabbiylarning mashaqqatli va beqiyos mehnatlari yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmydi. Zero, har bir sportchining g‘alabasi aslida ustozining ham g‘alabasi, muvaffaqiyatidir.

Bokschilarimizning bugungi muvaffaqiyatlari zamirida o‘zbek boks maktabi asoschisi, atoqli amerikalik murabbiy Sidney Jaksonning xizmatlari katta. Shu bois Turizm va sport vazirligining tashabbusi va bevosita ko‘magi bilan aynan shu inson xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratildi.

«Sidney Jakson fenomeni» nomli hujjatli filmi «Shayxontohur-film» kinostudiyasi tomonidan «Orient Finans bank» va «Golden House»ning mualliflik huquqini taqdim etishi asosida Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda tasvirga olindi. Filmning ssenariy muallifi va prodyuseri Boris Babayev, rejissyor – Navruza Biynazova.

Hujjatli filmda afsonaviy murabbiyning O‘zbekistondagi hayot yo‘li va faoliyatining ko‘plab muhim sahifalari haqida uning qizi, hozir Toshkentda istiqomat qiluvchi Paina Jakson so‘zlab bergan. Shuningdek, film taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov, O‘zbekiston boks federasiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Sidney Jakson shogirdlari – boks afsonasi Rufat Risqiyev, boks faxriylari Mirsolih Sagatov, Rinat Yusupov va boshqalar ishtirok etishdi.

Manba: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Kiritildi: 19:52, 13.01.2022.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик