Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Usmonali Ismonaliyev: “Muxlislarimizni xursand qilamiz!”

Usmonali Ismonaliyev: “Muxlislarimizni xursand qilamiz!”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, transfer oynasi davrida andijonlik Usmonali Ismonaliyev “Bunyodkor” bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Biz yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.

- “Bunyodkor”ga bosh murabbiy Shuhrat Maqsudovning taklifiga ko‘ra keldim. Dekabr oyida Shuhrat Mirusmonovich bilan uchrashib, og‘zaki tarzda gaplashib olgan edik. Yangi yildan so‘ng mashg‘ulotlarga qo‘shildim va ko‘p o‘tmay jamoa bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdim.

“Bunyodkor” bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkanimning boisi, inson bir yilda barcha ko‘zlagan maqsadiga erisha olmasligi mumkin. Ikki yil esa, yetarli muddat. Shuni inobatga olgan holda keyingi ikki yillik hayotimni "Bunyodkor" bilan bog‘ladim. Nasib qilsa, navbatdagi ikki mavsumda o‘zimni ko‘rsatib, jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shgan holda muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman.

To‘g‘ri, mavsumlar oralig‘ida jamoani ko‘p futbolchilar tark etdi. Shunday bo‘lsa-da, tarkibimizda yaxshi o‘yinchilar bor. Ichki muhit alo darajada. Shuning uchun yangi jamoamga moslashishda qiyinchilikka duch kelganim yo‘q. Bu tomondan umuman muammo bo‘lishi mumkin emas.

Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 00:00, 14.01.2022.
O'qildi: 1625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик