Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Azimjon Ahmedov: “Navbahor” sardorligim ostida OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, mendan baxtli odam bo‘lmaydi”

Azimjon Ahmedov: “Navbahor” sardorligim ostida OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, mendan baxtli odam bo‘lmaydi”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Navbahor” jamoasi a’zolari ayni paytda Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. “Lochinlar”ning navbatdagi mashg‘uloti yakunlangach, jamoamizning tajribali yarim himoyachisi va sardori Azimjon Ahmedov bilan bog‘lanib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

 Azimjon, Turkiyadagi mashg‘ulotlar qanday o‘tyapti?

– Juda yaxshi o‘tyapti. Murabbiylar mazkur yig‘inda asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor berishmoqda. Barcha futbolchilar birga mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘zaro muloqot qilyapmiz. Shuningdek, mazkur yig‘in davomida  nazorat-sinov bahslari o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Bo‘lajak o‘rtoqlik  uchrashuvlari orqali bir-birimizni maydonda yanada yaxshi tushunadigan, bundan tashqari, o‘zaro o‘yin amaliyotiga ega bo‘lamiz. Qisqasi, Turkiyadagi yig‘in yangi mavsumdagi o‘yinlarimiz uchun ancha asqotadi, degan fikrdaman.  

- Turkiya safari oldidan “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomangiz muddatini uzaytirdingiz. Mazkur qarorga kelishingizga jamoaning yangi murabbiyi Samvel Babayan bilan “Paxtakor”da birga faoliyat yuritganingiz va ushbu mutaxassisning nimalarga qodirligini juda yaxshi bilganingiz sabab bo‘ldimi?

– Bu borada klub rahbariyati, jumladan, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov, jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan bilan o‘zaro gaplashdik, fikr almashdik. Ular yangi mavsumda “Navbahor” o‘z oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘yganligi, buni amalga oshirish maqsadida, jamoa tarkibi kuchaytirilishi, buni amalga oshirish uchun yordam berishim lozimligini ta’kidlashdi. Shuning uchun “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomam muddatini uzaytirishga qaror qildim. Xudo xohlasa, yangi mavsumda jamoadoshlarim bilan sovrindorlar safidan o‘rin egallaymiz, degan umiddaman.

 “Navbahor”ning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari borasida fikringiz.  Sizningcha, jamoaning  sovrindorlar safidan joy olishi uchun nima yetishmadi?

– O‘tgan mavsum albatta, jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Bunga esa murabbiylar shtabida yuz bergan o‘zgarishlar, shuningdek, ayrim bahslarda omadning yuz o‘girgani o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

O‘zingizga ma’lum, yangi mavsumga tayyorgarlikni No‘’mon aka Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi  qo‘l ostida o‘tkazdik. Ilk turda o‘z maydonimizda “So‘g‘diyona”ga          imkoniyatni boy berganimizdan so‘ng, No‘’mon aka iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Viktor Romanovich Jalilov bosh murabbiy etib tayinlandi. Viktor Romanovichning o‘yin   taktikasiga moslashishimiz esa biroz vaqt talab etdi. Davralar          oralig‘ida maslahatchi-murabbiy sifatida ish boshlagan Samvel Vyacheslavovich          Babayan ham o‘yin taktikasi borasida o‘z maslahatlarini berib turdi.

Qisqasi, yangi murabbiylarning o‘yin uslubiga moslashish biroz qiyin kechdi va ushbu omillar natijalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 

“Navbahor”ning o‘tgan mavsumda sovrindorlar safidan o‘rin ololmaganligining asosiy sababi, shu menimcha.  

 – Siz jamoa sardori va yetakchi futbolchilardan birisiz. Buning mas’uliyati borasida nima deya olasiz?

– Jamoa sardori murabbiy hamda futbolchilar o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lishi, maydonda jamoadoshlarini o‘z ortidan ergashtira olishi, shuningdek, ularga o‘z maslahatlarini berib, qo‘llab-quvvatlashi lozim. Shu jihatdan olib qaraganda, sardorlikning mas’uliyati juda og‘ir. Lekin sardor ekanman, shu mas’uliyatni qo‘ldan kelganicha amalga oshirishga harakat qilyapman.

Biroq kezi kelganida aytish lozimki, sardor bo‘lish oson emas. Boisi, Xudo ko‘rsatmasin, jamoa mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, hamma kaltak sizning boshingizda sinadi. Ammo bunga ham qo‘ldan kelganicha sabr qilyapman. Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor” sardorligim ostida OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, mendan baxtli odam bo‘lmaydi.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun esa jamoadoshlarim bilan qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

 Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

– Bo‘lajak mavsumda jamoamiz  yuqori o‘rinlar uchun kurashib, sovrindorlar safidan joy olishi, muxlislarimizni xursand qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Buni amalga oshirish niyatida jamoamiz tarkibi ancha kuchaytirilib, “Navbahor”ga ancha mahoratli futbolchilar jalb etilmoqda.

 Muxlislarga tilaklaringiz... 

– Avvalo muxlislarni  yangi – 2022 yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchalariga baxt va quvonch olib kelsin. “Navbahor”ning g‘alabalari va yangi mavsum yakunidagi zafarini birga nishonlash nasib etsin, ilohim! 

Bizning ma’lumot

Azimjon Ahmedov – 1992 yil 4 yanvarda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgan.

Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Namangandagi futbol maktab-internatini tamomlagan.

Birinchi murabbiylari: Malikjon Turdiyev va Ahmadjon Xolmirzayev.

Ampluasi: yarim himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan, 2011 – 2015 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2016-2018 yillar). 2019 yildan yana “Navbahor”da.

Oilali. Uch farzand, ya’ni, ikki o‘g‘il va bir qizning otasi.

Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).

Yoqtirgan futbolchisi: Stiven Jerrard.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:56, 15.01.2022.
O'qildi: 1867 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.