Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

O‘zbekiston milliy terma jamoasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yangi ma’lumot berildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yangi ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz a’zosi Hojimat Erkinovda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchimiz qayta test topshirdi. Quvonarlisi, Erkinovning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi va uning karantindan chiqishiga ruxsat berildi. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, Erkinov bugundan boshlab yakka tartibda yengil mashg‘ulotlarga kirishdi.

Shuningdek, delegasiyamizning qolgan a’zolari ham navbatdagi PSR testlarini topshirdilar. Unga ko‘ra, darvozabonimiz Umidjon Ergashevda test natijasi musbat ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayni paytda futbolchimiz o‘zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko‘zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin o‘tamoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:19, 15.01.2022.
O'qildi: 2754 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.