Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Afrika kubogi zerikishingizga yo‘l qo‘ymaydi, ganalik futbolchi hakamni noqulay ahvolga solib qo‘ydi

Afrika kubogi zerikishingizga yo‘l qo‘ymaydi, ganalik futbolchi hakamni noqulay ahvolga solib qo‘ydi

Baho:
+ | -

U 91-daqiqada raqibining yuziga urib, qizil kartochka olmaslik uchun kiyim almashtirish xonasiga yugurdi. Tasavvur qilgan bo‘lsangiz kerak, biz yana Afrika kubogi haqida gapiryapmiz. Quyida ushbu musobaqada sodir bo‘lgan so‘nggi qiziqarli voqeani e’tiboringizga havola etamiz.

Afrika kubogi zerikishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

Guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Gabon va Gana o‘rtasidagi o‘yin ko‘pchilik muxlislarning e’tiborini tortgan bo‘lsa ajab emas. Bir qarashda og‘ir-vazmin ko‘ringan va butun o‘yin davomida past tempda harakat qilgan futbolchilar bahs yakunlanishi bilan tezda tartibsizlik keltirib chiqarishdi.

88-daqiqada gabonlik yarimhimoyachi Jim Allevina hisobni tenglashtirgandan so‘ng (1:1) bu raqibni ancha ranjitdi. Final hushtagi yangraganidan keyin maydonda kutilmaganda ommaviy mushtlashuv boshlanib ketdi. Ganalik hujumchi Benjamin Tette Aaron Bupendsaning yuziga kuchli zarba yo‘lladi.

Turkiyaning «Eni Malatyaspor» klubida harakat qiluvchi Tette 91-daqiqada maydonga tushdi va qizil kartochka bilan siylandi. Uning ligadagi navbatdagi uchrashuvda ishtirok eta olmasligi kechroq xayoliga kelib qoldi shekilli, o‘z harakatlari natijasini anglab, tezda stadiondan yugurib chiqib ketdi.

 

Bu esa muxlislarni hayratga solgan bo‘lsa ajab emas.  Biroq jazoirlik hakam Lalu Benbraam VAR bilan maslahatlashib, baribir futbolchiga qizil ko‘rsatishga qaror qildi.  Hakam aybdorning maydonda yo‘qligini bilgach, bundan qattiq g‘azablandi – u «Arsenal» yulduzi Tomas Partidan sherigini maydonga qaytarishini so‘radi.

Ammo referi qoidabuzarning maydonga qaytishini kutib o‘tirmadi va qizig‘i, bo‘m-bo‘sh havoga qizil kartochka ko‘rsatishga qaror qildi. Albatta bu kulgili holat.

Ehtimol, Tette maydondan chiqib ketsa, hakam uni payqamay qoladi deb o‘ylaganmi?! Nima bo‘lgan taqdirda ham bu ish sodir bo‘ldi. Uning nomi protokolda o‘z aksini topgan, shu bois hujumchi Komor orollari bilan guruhning muhim o‘yinida maydonga tusha olmaydi.

Gana musobaqa tugashiga bir tur qolganida 1-o‘rindagi Marokashdan uch ochko ortda qolmoqda. Jamoa hozircha bir ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi. Marokashda 6, Gabonda esa 4 ochko mavjud. Gabonliklar Obameyang boshliq kovid bilan kasallangan futbolchilar sababli favoritlar qatorida tilga olinmayapti.

Guruhdan faqat ikkita jamoa to‘ridan-to‘g‘ri pley-offga yo‘l oladi, shu sababli Gananing ham keyingi bosqichdan quruq qolib ketish ehtimoli yo‘q emas. Jamoa Komor orollari bilan imkon qadar ishonchli natija qayd etishga harakat qilishi zarur. So‘nggi bahs «qahramoni» Tette esa bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Kiritildi: 00:54, 16.01.2022.
O'qildi: 5531 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.