“Brayton” bosh murabbiyi Grem Potter “Everton”ni boshqarishga tayyor emas.
"Sky Sports" xabariga ko‘ra, mutaxassis klubdagi ishlardan mamnun va hozircha "Everton" bilan muzokaralar olib borishdan manfaatdor emas.
Avvalroq Rafael Benites "irislar" jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatilgani e’lon qilingan edi. 61 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Everton"ni 2021 yilning iyulidan buyon boshqarib kelgan.
Premyer-liganing joriy mavsumida jamoa bor-yo‘g‘i beshta g‘alabaga erishdi va 19 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.