O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev OCHLga tashlangan qur’a natijalariga to‘xtalib o‘tdi.
"Diqqat-e’tibor 15 mart kuni yana "Nasaf"da bo‘ladi. O‘zbekiston kubogining Samarqandda kechgan final uchrashuvida "So‘g‘diyona" "Paxtakor"ga muxlislik qilgandi. Endi jizzaxliklar "Nasaf" muxlisi sifatida uchrashuvni kuzatib borishadi. Qarshi klubining g‘alabasigina "So‘g‘diyona"ga xalqaro maydon uchun yo‘llanma beradi", - deb yozdi Imomxo‘jayev Telegram kanalida.