Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

A Seriya. “Milan” 90+6 daqiqada kiritilgan gol sabab autsayderga imkoniyatni boy berdi

A Seriya. “Milan” 90+6 daqiqada kiritilgan gol sabab autsayderga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

“Milan” Italiya A seriyasining 22-turi doirasida “Spesiya”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuv Milanda “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim so‘nggida portugaliyalik “rossonerilar” hujumchisi Rafael Leau hisobni ochdi. Bungacha fransiyalik himoyachi Teo Ernandes gol urishi mumkin edi, ammo u penaltini golga aylantira olmadi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Spesiya” klubining kolumbiyalik yarimhimoyachisi Kevin Agudelo hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada Emmanuel Gyasi mehmonlarning g‘alaba golini kiritdi.

Hozirda, “Milan” hisobida 48 ochko bor. Stefano Pioli shogirdlari A seriyada ikkinchi o‘rindagi “Inter”dan ikki ochko ortda qolmoqda, biroq Simone Indzagi shogirdlari zahirasida bir o‘yin bor. “Spesiya” 22 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

“Milan” — “Spesiya” – 1:2

Gollar: 1:0 – 45 Rafael Leau, 1:1 – 64 Agudelo, 1:2 – 90 Gyasi.

Milan” – Menyan, Florensi (Kalabriya, 70), Gabbiya, Kalulu, Ernandes, Bakayoko, Krunich, Salemakers (Junior Messias, 57), Ibragimovich, Rafael Leau (Rebich, 84), Braim Dias (Jiru, 70).

Spesiya” – Provedel, Amyan, Nikolau, Erlich, Bastoni, Kiver, Resa (Ferrer, 77), Madjore (Kovalenko, 80), Gyasi, Manay (Agudelo, 58), Verde.

Ogohlantirishlar: Gyasi (19), Kalulu (22), Kiver (32), Provedel (45), Gabbiya (62), Madjore (65), Bastoni (90).

Kiritildi: 00:51, 18.01.2022.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.