Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘FAda «Roma» vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda «Roma» vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA rahbariyati hamda «International Management Group» kompaniyasi va Italiyaning «Roma» klubi vakili Karlos Perez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, mazkur kompaniya sport tadbirlarini tashkil etish, menejment, marketing kabi bir qator yo‘nalishlarda dunyoning yetakchilaridan hisoblanadi. IMG bu borada ko‘plab mamlakatlar va klublar bilan zamonaviy futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik qilib keladi.

Uchrashuv avvalida Karlos Perez mamlakatimizda ko‘plab iqtidorli futbolchilar mavjudligi, ular jahon maydonlarida o‘zlarining iste’dodlarini ko‘rsatib kelayotganligini Eldor Shomurodov misolida e’tirof etdi.

O‘FA vakillari yurtimizda «Roma» klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish borasida fikr bildirishdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan «Roma» klubining marketing tizimini o‘rganib chiqib, O‘zbekistonda tatbiq etish taklifi ilgari surildi.

Eldor Shomurodov kabi yetakchi futbolchilarimizning xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligi, bu esa yosh futbolchilarning motivasiyasini oshirish, o‘z ustida ishlash, professionallikka intilish, irodali bo‘lib yetishishlariga turtki bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘FA rahbariyati Yevropaning yetakchi chempionatlari va klublarida O‘zbekiston brendini ilgari surish bo‘yicha o‘z takliflarini eshittirdi. Karlos Perez kelajakda bu kabi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Manba: ЎФА
Kiritildi: 22:31, 18.01.2022.
O'qildi: 2833 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик