Fransiyaning "Bordo" klubi Tyerri Anrini bosh murabbiylik lavozimiga tayinlashi mumkin.
"RMC Sport" nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis jamoaning amaldagi murabbiy Vladimir Petkovich ishdan bo‘shatilgan taqdirda klubni boshqarishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Petkovich 2021 yilning iyulidan beri “Bordo”ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida jamoa barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, shundan 4 tasida g‘alaba qozongan, 11 tasida mag‘lubiyatga uchragan va 8 tasida durang qayd etilgan.
Ayni vaqtda “Bordo” 17 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.