Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

“Turon” klubining yoshlar futbol akademiyasi o‘z faoliyatini boshlaydi

“Turon” klubining yoshlar futbol akademiyasi o‘z faoliyatini boshlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston tumanining Qulibek MFY hududida barpo etilayotgan “Turon” professional futbol klubining Yoshlar futbol akademiyasining qurilish ishlari hamda rejalari bilan tanishdi.

6,0 mlrd. so‘m qiymatidagi ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 nafardan ziyod futbolga ishtiyoqi yuqori bo‘lgan tuman yoshlari o‘z mahorat va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishadi. 2021 yilda boshlangan qurilish ishlari joriy yilda yakuniga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mashg‘ulotlar zali, o‘quv xonalari, ovqatlanish joylari, basseyn, fitnes zal va boshqa qulayliklar yoshlarni yanada faol bo‘lishga chorlaydi.

Ma’lumki, Yaypan shahrida "Turon" futbol klubi tashkil etilganda, tumanda, viloyatda, futbolning rivojiga hissa qo‘shish, chekka hududlardagi yosh iqtidorli futbolchilarni izlab topish, ulardagi qobiliyatni yanada rivojlantirib asosiy tarkibga jalb etish orqali o‘zbek futboliga yetkazib berish, futbol o‘yinini ommaviyligini targ‘ib etish asosiy vazifalar qatorida belgilangan.

Manba: Турон клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:59, 20.01.2022.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик