"Milan" himoyachisi Teo Ernandes o‘zining yangi shartnomasi borasida fikr bildirdi.
"Men "Milan" safida harakat qilayotganimdan juda xursandman. Hozirda biz shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib boryapmiz va bu juda yaxshi ketmoqda", - dedi himoyachi "Athletic" nashriga.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi "rossonerilar" bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolaydi.