Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Qizil kartochka ortidan sevgi

Qizil kartochka ortidan sevgi

Baho:
+1 | -

Niderlandiyalik futbolchi va qiz hakam oila quradigan bo‘lishdi. Qizig‘i, bu referi vaqtida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i maydondan chetlatilgan o‘yinda ishlagandi. Ha, inson muhabbat qayerdan kelishini bilmaydi. Gap Erediviziondan keyingi o‘rinda turuvchi liga ishtirokchisi «Emmen» klubining chap qanot himoyachisi Jeff Xardeveld va hakam Shona Shukrula haqida ketmoqda. E’tiborli tomoni, ular ilk marta aynan Jeff qizil kartochka olgan uchrashuvda tanishishgan. O‘sha bahsda Shona zaxira hakami rolini bajargan.

Aniqroq aytganda, Jeff Xardeveld va Shona Shukrula o‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan o‘yinda to‘qnashishgan. Niderlandiya Eredivizioni doirasidagi «Emmen» - «Eyndxoven» uchrashuvining 90}1-daqiqasida bosh hakam Jeffga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatadi, biroq u ma’lum vaqt maydondan chiqib ketishni paysalga soladi. Natijada zaxira referisi Shona futbolchi oldiga yugurib borib, undan tezroq kiyinish xonasiga chiqib ketishini so‘raydi.  O‘ziga xos tanishuv... «Emmen» yakunda o‘sha uchrashuvni minimal hisobda boy beradi. Shunga qaramay, Jeff xafa emasdi. Axir u mahbubasini uchratgandi.

Jeff va Shona shundan so‘ng darhol uchrasha boshladilar va mana, oradan 6 oy o‘tib, yigit qizga turmush qurish taklifi bilan chiqdi. Shona bir haftacha muqaddam Rimda Jeff bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, qisqacha izoh qoldirgandi: «Rasman». Shukrula 2009 yildan buyon hakam sifatida faoliyat yuritmoqda. 26 yoshli Xardeveld esa «Feyenoord» klubi tarbiyalanuvchisidir. To‘g‘ri, unga Rotterdam klubida o‘z o‘rnini topish nasib etgani yo‘q. Jeff avvaliga «Utrext», 2017 yili «Xerakles» safiga qo‘shildi. «Emmen» bilan esa o‘tgan yilning yozida erkin agent maqomida shartnoma tuzdi. Niderlandiyalik futbolchi endi bu transferni o‘z hisobiga yozib qo‘yishi mumkin. Har holda, «Emmen» o‘yi­nidagi vaziyat ortidan umr yo‘ldoshini topdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:20, 21.01.2022.
O'qildi: 6319 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.