Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

2021 yilning omadsiz futbolchilari ramziy jamoasi

2021 yilning omadsiz futbolchilari ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

2021 yil nihoyasiga yaqinlashib qolgan kunlar deyarli barcha sport nashr­larida hisobot davrini samarali o‘tkazgan futbolchilardan tuzilgan o‘ziga xos ramziy jamoalar tarkibi e’lon qilindi. Ammo yil davomida faoliyatida yaqqol pasayish kuzatilgan futbolchilarni aniqlash ko‘pchilik xayolidan ko‘tarildi. Sports.ru ijodkorlari ana shu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida yilning anti (omadsiz)  ramziy jamoasini shakllantirdilar. Qiziq, unga kimlar kirishdi?

Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»)

Ha, yoqimsiz jamoa darvozasi «Barselona» vakiliga topshirildi. Sababi tayin - La-Liga-2020|2021ning omadsiz yakuni va Kuman davridagi o‘ta ishonchsiz o‘yinlar. To‘g‘ri, germaniyalik kiperning aql bovar qilmas «seyv»lari, «o‘lik» to‘plarni olib chiqqanini hech kim unutgani yo‘q. Biroq yil davomida uning ruhiy holati talab darajasida bo‘lmagani ham rost.

Mark-Andre ter Shtegen yil davomida

1ta o‘yinda qo‘yib yuborgan gollari soni (o‘rtacha): 2020|2021 - 1,03ta; 2021|2022 - 1,2ta

«Seyv»lar soni bo‘yicha La Ligadagi o‘rni: 2020|2021 - 4 (71,6 foiz); 2021|2022 - 6 (58,1 foiz)

«Quruq» o‘yinlari soni: 2020|2021 - 35,5 foiz; 2021|2022 - 20 foiz

 

Chap qanot himoyachisi: Serxio Regilon («Tottenxem»)

Deniel Levi 2020 yilning yozida «Sevilya» tarkibida La Liganing eng yaxshi chap qanot himoyachisi maqomini olgan futbolchi uchun «Real»­ga 30 mln. yevro to‘lagandi. Klubga Garet Beyl bilan bir vaqtda kelgan himoyachidan ishonchli o‘yin kutishdi. Lekin o‘tgan yili ispaniyalikning APLda ishlari uncha yurishmadi.

Serxio Regilon yil davomida

Raqibdan to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatkichi: 2020|2021 - 51 marta (80-natija); 2021|2022 - 22 marta (101-natija)

Amalga oshirilgan kross­lar soni: 2020|2021 - 59ta (40-natija); 2021|2022 - 30ta (36-natija)

Qo‘shimchasiga, APL tarixidagi 1000-o‘ta chiroyli avtogol ham Regilon nomiga yozildi.

 

Markaziy himoyachi: Kleman Langle («Barselona»)

Kataloniyada Samuel Yumtitidan umid uzib, Langledan shiddatli taraqqiyot kutishgandi. Biroq u ishonchni loaqal 20 foiz darajasida ham oqlamadi. Faqat fransiyalik himoyachiga bog‘liq memlar ko‘payganidan ko‘paydi.

Kleman Langle yil davomida

Umumiy statistikasi: La Liga 2020|2021 - 27ta o‘yin, 41 marta to‘p olib qo‘yish (88-natija), 39 marta to‘p to‘sish (98-natija); La Liga-2021|2022 - 4ta o‘yin, 11 marta to‘p olib qo‘yish (223-natija), 7 marta to‘p to‘sish (280-natija)

Yosh himoyachining transfer qiymatidagi keskin pasayish ham e’tiborga molik: 50 mln. yevrodan 18 «limon»ga tushdi.

 

Markaziy himoyachi: Deyan Lovren («Zenit»)

«Zenit» o‘yinlarini kuzatib boruvchi muxlislar Deyanning hozirgi holatidan yaxshi xabardorlar. U «Liverpul» talabiga javob berolmay qolgach, Rossiyaga yo‘l oldi. Ha, RPLda avvaliga ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, liganing eng yaxshi markaziy himoyachilari qatoriga qo‘shildi. Lekin keyinchalik o‘yini birdan susayib ketdi. Agar bosh murabbiy yangi mavsumda ham 3 nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynashni lozim topmaganida, Lovren zaxiradan joy olardi.

 

O‘ng qanot himoyachisi: Serxi Roberto («Barselona»)

Yana biroz shubhali nomzod. Ispaniyalik himoyachi Mett Doerti bilan taqqoslandi. Natijalar Robertoda biroz pastroq.

Serxi Roberto yil davomida

Umumiy statistikasi: La Liga-2020|2021 - 11ta o‘yin, 7 marta to‘p olib qo‘yish, 8 marta raqib uzatmasini ilib olish, 25 marta to‘p to‘sish, 7ta kross; La Liga-2021|2022 - 4ta o‘yin, 10 marta to‘p olib qo‘yish, 2 marta raqib uzatmasini ilib olish, 3 marta to‘p to‘sish, 7ta kross.

Eslatma, Roberto fevral oyida 30 yoshga to‘ladi.

 

Markaziy yarim himoyachi: Saul Niges («Chelsi»)

Kokening doimiy sherigi «Atletiko»ning chempionlik mavsumida bo‘lgani kabi «Chelsi»da ham talab darajasida to‘p surolmadi. Saul 2020|2021 yillar mavsumida o‘zi istagan pozisiyada o‘ynamaganidan noligandi. Uning «MYU»ga o‘tishi amalga oshmadi, «Chelsi»dagi «surgun» davri o‘ta omadsiz kechdi: yakkakurashlarda ustun kelish ko‘rsatkichi atigi 11 foiz, qoida buzish va to‘pni yo‘qotish bo‘yicha yaqqol yetakchi. Natijada tanaffusdan ke­yin maydonga tushirilmadi. Xullas, Niges nisbatan durustroq to‘p surgan o‘yinlarda ham avvalgi saviyasini ko‘rsatolmadi.

 

Markaziy yarim himoyachi: Donni van de Bek («MYU»)

2020 yil sentyabrida 40 mln. yevro evaziga «MYU» safidan joy olgan niderlandiyalik yarim himoyachi o‘yin amaliyoti muammosiga duch keldi. Chunonchi, Manchesterda Brunu Fernandesh over-futbol namoyish etishga tushdi. Qisqasi, klub tanlashda yanglishgan iqtidorli yarim himoya 2021 yil badaliga atigi 12 marta maydonga tushdi. Natija ham shunga yarasha...

Donni van de Bek yil davomida

Umumiy statistikasi: 1ta gol va 1ta samarali uzatma

Shuningdek, futbolchida zarbalar va aniq uzatmalar soni ham kamayib ketdi.

 

Markaziy yarim himoyachi: Dele Alle («Tottenxem»)

«Yorqin» yarim himoyachilar uchligida «Tottenxem» vakili ham bor, albatta. Uning faoliyati xronikasiga qarang: 2016 yil aprel - mavsumda 10ta gol marrasiga yetgan APL tarixidagi eng yosh futbolchi (20 yoshu 7 kunlik), 2018 yil iyul - JCHda gol urgan britaniyalik ikkinchi eng yosh futbolchi (22 yoshu 87 kunlik), 2020 yil mart - APLda 50ta gol marrasiga yetgan eng yosh yarim himoyachi (23 yoshu 331 kunlik), 2020 yil sentyabr - Joze Mourinyo bilan kelisholmay, mavsumda 2-marta tarkibdan chetda qoldi, 2021 yil dekabr - navbatdagi o‘yinni yomon o‘tkazib, yaqqol golli vaziyatni barbod qildi.

Dele Alli yil davomida

Umumiy statistikasi: 2200 daqiqa, 5ta gol, 6ta samarali uzatma

Hammasi tushunarli, yigitcha yulduzlik bosimini ko‘tarolmadi, shekilli.

 

Chap qanot hujumchisi: Eden Azar («Real»)

Nihoyat, navbat belgiyalik yulduzga keldi. Aslida u 2020 yili ham juda samarasiz to‘p surgandi. Mana, hujumchi yana bir yilni behuda o‘tkazdi, hisob. Omadsizlikning asosiy sababi - jarohatlar. Eden «Real» safiga qo‘shilganidan buyon turli muammolar ortidan 60ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Qisqasi, davolanishga haddan ortiq ko‘p vaqt sarfladi. Keyingi sabab - ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik. «Chelsi» futbolchilari Azarning o‘yin arafasi va tanaffus payti burger yeyishini aytishgandi. Ha, parhezga amal qilmaslik shikast­lanish ehtimolini oshirgan ko‘rinadi.

Eden Azar yil davomida

Umumiy statistikasi: La Liga 2020|2021 - 6ta o‘yin, 3ta gol (106-natija), 2ta samarali uzatma (101- natija); La Liga-2021|2022 - 5ta o‘yin, gol yo‘q, 1ta samarali uzatma (117-natija)

Taqqoslash uchun Edenning «Chelsi»dagi ko‘rsatkichlari: APL 2018|2019 - 33ta o‘yin, 16ta gol (8-natija), 15ta samarali uzatma (2-natija). Endi jumboqni yechishga urinib ko‘ring: 120 mln. va 25 mln. nimani anglatadi? Mayli, bosh qotirmang - bular Azarning 2019 yilning dekabri va 2021 yilning oktyabridagi transfer qiymati.

 

O‘ng qanot hujumchisi: Timo Verner («Chelsi»)

Roman Abramovich Bundesliganing 2019|2020 yillar mavsumidagi ikkinchi to‘purari (28ta gol) uchun 53 mln. yevrodan voz kechgandi. Hujumchi Londonga yetib kelgunicha «qotil»lik xislatini yo‘qotib qo‘ygan ko‘rinadi. O‘tgan mavsum taxmin qilingan mahsuldorlikni qayd etolmagan to‘purarning hozirgi natijalari ham salbiy. Ehtimol, Verner dastlabki qulay vaziyatdan foydalanolmaganida, o‘z kuchiga nisbatan ishonch­ni yo‘qotib qo‘ygandir. Xullas, to‘purar APLda  ikkinchi mavsum ham Bundesligadagi goleadorlik xislatini ishga sololmayapti. Afsus...

 

Markaziy hujumchi: Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»)

Ha, omadsizlar jamoasiga nuqta qo‘yish imkoniyati hozir futbol o‘ynashni deyarli unutib qo‘ygan gabonlik snayperga «hadya» qilindi. Gap shundaki, shartnoma muddati nihoyasiga yetayotgan hujumchi 2019|2020 yillar mavsumida bor kuch-mahoratini sarflashga qaror qilgan va jamoa­ga Angliya kubogini tortiq etgandi. Muvaffaqiyatdan boshi osmonga yetgan rahbariyat goleadorga manfaatliroq yangi shartnoma taklif qildi. Biroq aftidan, Obameyang faqat mo‘may daromadni o‘ylagan, chog‘i. Uning so‘nggi yillardagi ko‘rsatkichlari fikrimizni tasdiqlaydi: APL-2019|2020 - 22ta gol (2-natija), 40ta aniq zarba (3-natija); APL-2020|2021 - 10ta gol (21-natija), 19ta aniq zarba (45-natija); APL-2021|2022 - 4ta gol (26-natija), 16ta aniq zarba (11-natija).

«Arsenal» yaqinda, aniqrog‘i, 14 dekabr kuni gabonlik hujumchini sardorlik maqomidan mahrum etdi. Onasidan xabar olib kelish uchun Fransiyaga ketgan hujumchi belgilangan muddatda qaytmagandi. Xullas, gabonlik futbolchi Mezut Ozil ortidan borib, «moyli» kelishuv nihoya­siga yetgunicha jamoada qolishga urinishi yoki moddiy manfaatni chetga surib, «Barselona» yoki «Yuventus» taklifini qabul qilishi mumkin.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:24, 22.01.2022.
O'qildi: 4453 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.