"Real" himoyachisi Marselo Ispaniya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Elche"ga qarshi o‘yinda (2:1) qizil kartochka olgandi.
Ispaniya futbol federasiyasi ushbu holatni ko‘rib chiqib, braziliyalik futbolchini uchta o‘yinga chetlatishga qaror qildi (1 tasi qizil kartochka va 2 tasi hakamga aytilgan nomaqbul so‘zlar uchun).
Endi Marselo jamoaga "Atletik"ka qarshi kechadigan 1/4 final bahsida yordam berolmaydi.