Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Gasperini: "Biz ko‘proq narsani qilishimiz mumkin edi, ammo bunday natijadan xursand bo‘lishimiz kerak"

Gasperini: "Biz ko‘proq narsani qilishimiz mumkin edi, ammo bunday natijadan xursand bo‘lishimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Italiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Lasio"ga qarshi o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, bugun biz g‘alaba qozonish uchun ko‘proq ish qilishimiz mumkin edi, siz har doim yaxshiroq narsani qilishingiz mumkin. Ammo bu natijadan xursand bo‘lish kerak. Bizda jarohat olgan futbolchilar ko‘p, zaxirada bitta ham hujumchi yo‘q edi. Mening futbolchilarim maydonda yangi rollarga moslashishlari kerak edi va o‘yin davomida biz Miranchukni ham yo‘qotdik. Shunday ekan, yakunda kamida bitta ochko qo‘lga kiritganimizdan xursandman.

Bugun biz birinchi navbatda himoya haqida o‘ylashimiz kerak edi, ammo shunga qaramay o‘yin davomida bir nechta vaziyatlarni yarata oldik. O‘tgan mavsumlarda biz turli vaziyatlarga moslashishni o‘rgandik. Mashg‘ulotlarda ko‘plab o‘yinchilar pozisiyadan tashqari harakat qilishadi, hujumchilar himoyada ishlaydi, himoyachilar esa hujumchi rolini o‘ynashga harakat qilishadi. Bu unchalik qiziq emas, lekin bu futbolchilarning ko‘p jihatdan rivojlanishiga yordam beradi", - deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Kiritildi: 10:45, 23.01.2022.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик