"Arsenal" hamda Fransiya terma jamoalarining sobiq futbolchisi Tyerri Anri "Bordo" klubini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
U hozirgi murabbiy Vladimir Petkovich o‘rniga olib kelinishi aytilgan. Ammo Tyerri Anri bu xabarlarga munosabat bildirib, yolg‘on ekanini tasdiqladi:
"Men bunga qanday javob berishim kerak? Menimcha, hech qanday. Men homhayollar bilan yashamayman. Ochig‘i, sizga nima deyishni ham bilmayman. Lekin bu gaplar quruq mish-mish, xolos".