Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandni qanday shart evaziga sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
El Nacional nashrining ta’kidlashicha, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Xolandning transferini ma’qullashga tayyor, ammo bu faqat jamoaning ichki balansini buzmagan taqdirdagina amalga oshadi. Portugaliyalik mutaxassis Xoland jamoani jiddiy ravishda kuchaytirishiga ishonmoqda. Biroq, ushbu transfer faqat hujumdagi amaldagi yulduzlardan biri klubni tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, agar «Real» Xolandni sotib olishni maqsad qilsa, katta ehtimol bilan braziliyalik Vinisius Junior transfer bozoriga chiqariladi.
2025/26 yilgi mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi. Bundan tashqari, hujumchi o‘z hisobiga 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













