Belgiya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 finalida AQSH jamoasini 4:1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng «qizil iblislar» ijtimoiy tarmoqlarda ham FIFA rahbariyatiga, ham AQSH Prezidenti Donald Trampga qaratilgan hajviy post joylashtirishdi.
Ular Romelu Lukakuning suratini ilova qilib, tagiga: «Buni ham bekor qiling-chi» deb yozib qoldirishdi. Bu o‘yin oldidan kelib chiqqan mojaroga javob edi. Eslatib o‘tamiz, o‘shanda FIFA Trampning bosimi ostida amerikaliklar forvardi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasini tezkorlik bilan bekor qilib, uni ushbu bahsda maydonga tushishga ruxsat bergan edi.
JCH-2026ning 1/4 finalida Belgiya turnirdan Portugaliyani chiqarib yuborgan Ispaniya bilan to‘qnash keladi.













