Marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi Afrika Millatlar Kubogida sodir bo‘lgan voqeadan hafsalasi pir bo‘ldi. Kamerundagi stadionda muxlislar tiqilishi oqibatida sakkiz kishi qurbon bo‘ldi.
“Kecha “Olembe” stadionida halok bo‘lgan sakkiz kishi xotiramizda abadiy qoladi. Afrika Millatlar Kubogining chorak finaliga chiqqan mamlakatimiz uchun baxtli kun bo‘lishiga qaramay, bugun futbol orqa o‘rinni egallab turibdi. Tinchlaning”, — deb yozdi Xakimi Twitter sahifasida.
Ma’lumot uchun, 24 yanvar kuni Kamerun va Komor orollari terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval yuzaga kelgan tiqilinch sabab sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.