"Milan" futbolchisi Frank Kessi jamoada qolmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi "Tottenxem" taklif etgan shartnomani rad etgan.
Hozirda Kessining bitimi tugashiga olti oydan kamroq vaqt qolgan. Shunga qaramay, futbolchi mavsumni "Milan"da yakunlamoqchi. U hali biror bir klub bilan muzokara o‘tkazmagan.
24 yoshli futbolchi "Milan" bilan mavsum so‘ngida chempionlikni qo‘lga kiritmoqchi. Ma’lum o‘rnida "Milan" turnir jadvalida yetakchi "Inter"dan 4 ochko ortda bormoqda.