Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Terma jamoaga chaqiruv xabarini olganimda eng ko‘p ota-onam xursand bo‘lishdi” — Sherzod Nasrullayev

“Terma jamoaga chaqiruv xabarini olganimda eng ko‘p ota-onam xursand bo‘lishdi” — Sherzod Nasrullayev

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Bu galgi yig‘inga bir nechta yosh va umidli futbolchilar jalb etildi. Xususan, yakunlangan mavsumda “Nasaf” jamoasidagi yorqin o‘yinlari sabab Sherzod Nasrullayev ham Srechko Katanesning e’tiboriga tushdi va terma jamoadan ilk marta chaqiruv oldi. Nasrullayev 23-yanvar kuni “Al-Vahda”ga qarshi o‘yinda milliy terma jamoa safida debyut uchrashuvini ham o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘FA media bo‘limi Sherzod Nasrullayev bilan bog‘lanib, terma jamoadan olgan ilk chaqiruvi, taassurotlar va debyut uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Sherzod, terma jamoaga birinchi marta chaqiruv olganingizni eshitganingizda nimalarni his qildingiz?

— Har bir futbolchi uchun terma jamoada o‘ynash orzu va sharaf hisoblanadi. Albatta men ham O‘zbekiston milliy terma terma jamoasida o‘ynashni orzu qilganman. Bolaligimdan boshlab o‘z oldimga maqsad qo‘yib, bu yo‘lda tinmay mehnat qildim. Chunki terma jamoaga faqat o‘z pozisiyasida yetakchi bo‘lgan futbolchilar chaqiriladi. Shuning uchun ham natijalarim orqali milliy jamoaga munosibligimni isbotlashga harakat qildim.

Kun kelib TJ a’zosiga aylanishimga, birinchi navbatda, ota-onam ishonardi, ular har doim meni qo‘llab-quvvatlab kelishgan. Ilk chaqiruv qog‘ozini olganimdagi ularni xursandchiligini ta’riflab bo‘lmasdi.

Umid qilamanki, yaqinlarim, murabbiylarim va muxlislarni ishonchini oqlay olaman. Terma jamoaga esa qo‘limdan kelganicha yordam berishga tayyorman.

Mashg‘ulotlar jarayonlari qanday kechmoqda? Unda, asosan, nimalarga urg‘u berilyapti?

— Mashg‘ulotlar odatda har kuni 2 mahaldan bo‘lib o‘tadi. Ertalab jismoniy holatimizni tiklash uchun mashg‘ulot olib boryapmiz. Kechki mashg‘ulotlarda esa texnika va taktik mashqlarga e’tibor qaratiladi.

“Nasaf” tarkibida 2021-yilgi mavsumda mazmunli o‘yin ko‘rsata oldingiz. Shundan keyin Sizga xorij klublaridan takliflar bo‘ldimi?

— To‘g‘ri aytdingiz, “Nasaf” o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, muxlislar mehrini qozona oldi. Bizda yaxshi jamoa shakllangan. Yakunlangan mavsumda ko‘plab futbolchilar o‘zini ko‘rsatdi. O‘zimga keladigan bo‘lsak, 4ta gol kiritib, 16ta golga assistentlik qildim. Menimcha, bu — himoyachi uchun yaxshi natija bo‘lsa kerak. Umuman olganda, jamoamning g‘alabalariga hissa qo‘sha olayotganimdan xursandman.

Transfer haqida gap ketganda, to‘g‘ri, ko‘plab agentlar aloqaga chiqib, bir qancha klublar menga qiziqayotganini aytishdi. Ammo hozirda “Nasaf” bilan shartnomam mavjud. Bilmadim, agarda Yevropa jamoalaridan takliflar kelsa, legionerga aylanishim ham mumkin.

Siz debyut o‘yindayoq 90 daqiqa o‘ynadingiz. Terma jamoa libosidagi ilk uchrashuv qanday kechdi, nimalarni his qildingiz?

— To‘g‘risini aytsam, bu orzularning ushalishi edi. O‘zimni erkin his qildim, hayajon sezilmadi, desam ham bo‘ladi.

Srechko Katanes bilan birga ishlash qanday bo‘ldi, u siz bilan suhbatlashdimi (agar gaplashgan bo‘lsa, nimalar dedi)?

— Srechko Katanes bilan “Al-Vahda”ga qarshi o‘yin oldidan gaplashdim. O‘sha o‘yinda meni markaziy himoyada sinab ko‘rdi. Bu men uchun yangilik bo‘ldi, chunki avval bu pozisiyada o‘ynamagan edim. Bosh murabbiyimiz uchrashuvdan keyin yaxshi o‘ynaganimni, o‘yinimdan qoniqish his qilganini aytdi.

Umuman olganda, terma jamoaning “Al-Vahda”ga qarshi uchrashuvi haqida nimalar deya olasiz?

O‘yin biroz murakkab o‘tdi. Raqiblarimiz bizga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. “Al-Vahda”, asosan, to‘pni ko‘proq ushlab, shuning atrofida o‘yin tashkil qilar ekan. Bundan tashqari, ularda yaxshi jamoa shakllangan, futbolchilari jismonan baquvvat va bo‘ydor, o‘yin payti o‘zaro bir-birini tushunib harakat qilishadi.

O‘yin davomida ko‘plab hujumlar tashkil etdik, biroq vaziyatlarda bizga omad kelmadi. Uchrashuv yakuniga yetay deb qolganda Aziz Amonov qulay vaziyatga chiqib borayotgan edi, ammo unga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va penalti belgilandi. Amonov sovuqqonlik bilan penaltini golga aylantira oldi. Menimcha, shu kuni g‘alabaga haqiqatan ham haqli edik.

Sherzod, vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizda omad tilaymiz.

— Rahmat.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:08, 26.01.2022.
O'qildi: 1617 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.