Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Odil Ahmedov boshchiligidagi O‘FA ishchi guruhi Namanganga tashrif buyurdi

Odil Ahmedov boshchiligidagi O‘FA ishchi guruhi Namanganga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda futbol bo‘yicha 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Qit’amizning nufuzli musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, qit’a birinchiligining bir qator uchrashuvlariga viloyatimizdagi “Markaziy” stadion mezbonlik qiladi. Bugun O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatimizga tashrif buyurdi. O‘FA ishchi guruhiga safar davomida Namangan viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Namangan viloyat futbol assosiasiyasi rahbariyati va xodimlari hamrohlik qilishdi.

Ishchi guruh vakillari tashrif chog‘ida viloyatimizda terma jamoalar uchun yaratilgan sharoitlar, mehmonxonalar va mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan stadionlarni ko‘zdan kechirishdi.  Mehmonlar dastlab viloyatimizdagi “Oydin plaza”, “Shedevr”, “Axsikent”, “Namangan-S” mehmonxonalaridagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, O‘FA ishchi guruhi terma jamoalarning mashg‘ulotlari va rasmiy uchrashuvlari o‘tkaziladigan Uychi tumanidagi  “Paxtakor”, Namangan shahridagi “Dinamo”,  “Markaziy” stadion zaxira maydonida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli maslahatlarni berishdi.  

O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruhining viloyatimizdagi “Markaziy” stadion va zaxira maydoni bilan tanishish jarayonida mehmonlarga  Namangan viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi rahbariyati va xodimlari bilan birgalikda “Navbahor” futbol klubi hamda “Markaziy” stadion rahbarlari, jumladan, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov, klub sport direktori Akmal Sohibov, “Markaziy” o‘yingoh direktori Nabixon Abdug‘aniyev hamrohlik qilishdi.

Manba: "Навбахор" матбуот хизмати
Kiritildi: 00:00, 27.01.2022.
O'qildi: 2694 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик