Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘FA vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘FA vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizda sportning barcha sohalarini rivojlantirish, xalqimizni sportga ommaviy tarzda jalb etish, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar sifatida ulg‘aytirishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada sportni ommaviylashtirish, xususan, bolalar sportini rivojlantirish borasida sohaga yetuk va professional kadrlarni jalb etish, ularni malakasini davomli tarzda oshirib borish eng muhim vazifalardan biridir.

Kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘FA vakillari hamda oliygoh rahbariyati, futbol kafedrasi o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘FA va universitet o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, bolalar-o‘smirlar, qizlar va professional futbolni rivojlantirish borasida o‘zaro fikr almashildi. Bir qator futbol mutaxassislarini, xususan, murabbiylar, hakamlar, seleksioner, tahlilchi, sport psixologlari va marketing mutaxassislarini tayyorlashda hamkorlikda ish tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, suhbat davomida O‘FA mutaxassislari va universitet o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish, xorijiy va mahalliy professorlarni mashg‘ulotlarga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 08:15, 27.01.2022.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.