Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

“Nasaf” OFK tomonidan jazolandi

“Nasaf” OFK tomonidan jazolandi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi Qarshining “Nasaf” klubini jarimaga tortdi.

Bunga jamoaning OFK kubogi 2021 yilgi mavsum doirasidagi Gonkongninng “Li Man” klubi bilan uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etmagani asos bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlarida keltirilishicha “Nasaf” va “Li Man” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda bir qator qoidabuzarliklar qayd etilgan:

Unga ko‘ra:

-320 nafar muxlis futbolchilar zaxirasi uchun mo‘ljallangan joyga o‘tirgan;

-2 nafar muxlis hakamning yakuniy hushtagi chalinganidan keyin maydonga tushib ketgan;

-klub xavfsizlik bo‘yicha o‘z zimmasidagi vazifalarni ta’minlay olmagan;

maydon atrofida akkreditasiyasi yo‘q shaxslar yurgan;

-tomoshabinlar stadionda tamaki chekkan.

OFKning Tartib-intizom qo‘mitasi yuqoridagi holatlarni o‘rganib chiqib, qaror chiqargan:

Qarorga muvofiq:

1) “Nasaf” tartib-intizom kodeksining 22.2 bandini buzgani uchun 28 ming AQSH dollari miqdorida jarima to‘laydi;

2) Tartib-intizom kodeksining 34.1 va 34.3 bandlarini buzgani uchun shartli ravishda (!) 21 ming AQSH dollari miqdorida jarima. Bu band agar yaqin 2 yil ichida shu holat yana takrorlansagina faollashadi;

3) Tartib-intizom kodeksining 1-paragrafi bo‘yicha 90 kun ichida 7 ming AQSH dollari to‘lash majburiyati.

Shuningdek, shunday holat yana qaytarilsa, bundan ham qattiqroq chora ko‘rilishi ta’kidlangan.

Kiritildi: 16:35, 28.01.2022.
O'qildi: 2218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик